Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 261 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

QO’SHTEPADA JURNALIST VA BLOGERLAR UCHUN PRESS-TUR TASHKIL ETILDI

×

 2021-08-19 18:43:06    164

PDF yuklash
Chop etish



Bugun Qo’shtepada press-tur bo’lib o’tdi. Unda viloyatimizda faoliyat olib borayotgan jurnalist va blogerlar qatnashdi.

Press-tur ishtirokchilari tadbir davomida “Fergana Global Textile” MChJ faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.


Mehmonlar dastlab qishloq xo’jaligi ekinlarini yetishtirishda hosildorlikni oshirish va suvni tejash maqsadida “Fergana Global Textile”  MChJ tomonidan dunyodagi yetakchi kompaniyalardan biri “Netafim” kompaniyasi bilan hamkorlikda joriy etilgan avtomatik tarzda tomchilatib sug’orish texnologiyasi bilan tanishdilar.

Undan so’ng ishtirokchilar “Fergana Global Textile” MChJda bo’lishib, u yerda olib borilayotgan ish jarayoni, ishchilarga yaratilgan shart-sharoitlar, shuningdek, korxonaning kelgusidagi istiqbolli rejalari bilan tanishdilar.   

Shuni ta'kidlash joizki, “Fergana Global Textile” MChJ —O’zbekistonning yetakchi to’qimachilik kompaniyalaridan biri hisoblanmish “Global Textile” kompaniyalari guruhiga kiruvchi korxona hisoblanadi.


“Fergana Global Textile” MChJning Farg’ona shahrida joylashgan to’qimachilik fabrikasida kuniga 15 tonna yuqori sifatli kalava ip ishlab chiqariladi. Joriy yildan boshlab, xom-ashyo – yuqori navli paxtani o’ziga qarashli dalalarda yetishtiradi. Bunda tomchilatib sug’orish usuli qo’llaniladi. Fabrika zamonaviy asbob-uskuna bilan jihozlangan, mahsulotini YEvropa mamlakatlari, shuningdek, Bangladesh, Turkiya, Xitoy, Rossiyaga eksport qiladi. Shuningdek, korxonada bo’yalgan trikotaj matosi ishlab chiqarishni yo’lga qo’yish ham rejalashtirilmoqda.


Press-turdan so’ng tuman hokimi I.Novikov ishtirokida matbuot anjumani o’tkazildi. Tadbirda aholining ehtiyojmand qatlamini qo’llab-quvvatlash, tadbirkorlikni rivojlantirish, byudjet daromadlarini oshirish va xorijda mehnat qilib qaytgan ishsiz fuqarolarni ishga joylashtirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar to’g’risida to’xtalib o’tildi.


Tadbir davomida ommaviy axborot vositalari vakillari o’zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olishdi.

Qo’shtepa tumani hokimligi


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram