Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 18 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

2-SEKTOR XABARLARI

×

 2021-08-18 22:32:37    140

PDF yuklash
Chop etish



Qo’shtepa tumani prokurori, 2-sektor rahbari M.Shomurodov bugun 685, 687-sonli saylov uchastkalarida bo’lib, saylov uchastkasining ta'mirlanganlik holatlarini va saylovga tayyorgarligini o’rgandi. Sektor rahbarining amaliy yordami bilan 687-sonli saylov uchastkasining kirish eshigi yangi o’rnatilib, bartaraf etilgan kamchiliklar saylov “Temir daftari”ga kiritildi.


Shu bilan birga, sektor rahbarining tashabbusi bilan saylov uchastkalarida tuman obodonlashtirish xodimlari tomonidan tozalash ishlari olib borildi.


Bundan tashqari, sektor rahbari qishloq xo’jaligi masalalari bo’yicha tuzilgan ishchi guruh a'zolari bilan birga “Katta Boltako’l” MFYdagi “Fayzli Fotimaxon” fermer xo’jaligidagi paxta maydonlarida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.


Shuningdek, tuman prokurori 2-sonli IDUMI binosida saylov uchastka raisligiga va uning o’rinbosarlari hamda kotibligiga nomzodlar uchun tashkil etilgan navbatdagi o’quv-seminar dars mashg’ulotlarida qatnashdi. O’z navbatida sektor rahbari tinglovchilarga o’zining kerakli ko’rsatmalarini berib o’tdi.


M.Shomurodov “Katta Boltako’l” mahallasining Sadaf ko’chasida yashovchi “Temir daftar”ga ro’yxatga olingan Q.Xolboyevning xonadoniga tashrif buyurib, fuqaroning yashash sharoitlarini o’rgandi hamda fuqaro bilan suhbatlashdi.


Qolaversa, sektor rahbarining amaliy yordami bilan “Vatan” mahalla fuqarolar yig’ini Gulshan ko’chasining 800 metr qismiga shag’al yotqizish ishlari tashkil etildi.

2-sektor shtabi 


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram