Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 16 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

TUMAN HOKIMI HUDUDLARDA

×

 2021-08-18 21:42:24    100

PDF yuklash
Chop etish



Qo’shtepa tumani hokimi, 1-sektor rahbari I.Novikov bugun Xalq ta'limi bo’limiga qarashli 7 va 30-umumta'lim maktablarida bo’lib, “Investitsiya” Dasturi asosida olib borilayotgan qurilish-ta'mirlash ishlari bilan shuningdek, 17-umumta'lim maktabida O’zbekiston Respublikasi Prezidentligi sayloviga hamda yangi o’quv yiliga munosib tayyorgarlik ko’rish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlarni o’rgandi. Muassasada mavjud muammo va kamchiliklarni qisqa muddatlarda bartaraf etish yuzasidan mas'ul rahbarlarga tegishli topshiriqlar berildi.

“Istiqbol” mahalla fuqarolar yig’inini qizil hududdan chiqarish yuzasidan “Mahallabay” tizimi asosida hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish hamda aholi muammolarini aniqlash maqsadida tashkil etilgan ishchi guruh tomonidan o’rganishlar olib borilmoqda. Tuman hokimi ushbu mahallada bo’lib, ishchi guruh tomonidan hududda o’tkazilayotgan o’rganishlar natijasida aniqlangan muammolarni ijobiy hal etish, hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish hamda obodonlashtirish bo’yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi. Kelgusidagi muhim vazifalar yuzasidan mas'ul rahbarlarga tegishli topshiriqlar berildi.


Bundan tashqari sektor rahbari “Istiqbol” mahalla fuqarolar yig’ini hududida “Obod qishloq” Dasturi asosida yangi qurilayotgan 11-sonli maktabgacha ta'lim tashkilotida olib borilayotgan qurilish jarayoni bilan tanishdi. Mutasaddi rahbarlarga qurilish ishlarini qisqa muddatlarda yakunlash hamda foydalanishga topshirish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.

Tuman rahbari fermer xo’jaliklari tomonidan paxta maydonlarida olib borilayotgan agrotexnik tadbirlarning bajarilishi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlarni ham o’rgandi. Mas'ul korxona va tashkilot rahbarlariga paxta maydonlarida agrotexnik tadbirlarni uyushqoqlik bilan o’tkazish yuzasidan tegishli ko’rsatmalar berildi. Shuningdek, paxta maydonlarida mehnat qilayotgan mexanizatorlarga tuman hokimligining esdalik sovg’alari topshirildi.

 “Texmashservis” mas'uliyati cheklangan jamiyatida paxta yig’im terim mavsumida qatnashadigan paxta tashish transport traktorlari va tirkamalarini mavsumga tayyorlash yuzasidan olib borilayotgan ta'mirlash ishlari bilan tanishgan I.Novikov mas'ul rahbarlarga ta'mirlash ishlarini qisqa muddatlarda yakunlash yuzasidan tegishli topshiriqlar berdi.

Qo’shtepa tumani hokimligi


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram