Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 88 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

QO’SHTEPA TUMANI ISTE'MOLCHILARINING ELEKTR TA'MINOTI YAXSHILANMOQDA

×

 2021-08-18 15:46:11    140

PDF yuklash
Chop etish



Qo’shtepa tumani elektr ta'minoti korxonasi tomonidan joriy yilning shu davriga qadar belgilangan dastur va rejalar asosida qator ishlar amalga oshirildi.

Jumladan, “Obod qishloq” dasturiga asosanDo’rmon” mahalla fuqarolar yig’inidagi Ibrat ko’chasiga iste'molchilar elektr ta'minotini yaxshilash uchun 1 dona KTPM rusumli, quvvati 100 kVA bo’lgan transformator punkti va 0,4 kV kuchlanishli uzunligi 0,9 km SIP tarmog’i tortib ishga tushirilib, 32 dona temir beton tayanchlar o’rnatildi.

“Obod qishloq” dasturiga asosan “Istiqbol” mahalla fuqarolar yig’inida aholi tomonidan o’rnatilgan qo’lbola tayanchlar o’rniga 1 dona KTPM rusumli, quvvati 100 kVA bo’lgan transformator punkti va 0.6 km 6 kV kuchlanishli va 1,7 km uzunlikda 0.4 kV kuchlanishli yangi elektr tarmog’i qurildi va 79 dona temir beton tayanchlar o’rnatildi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 23 noyabrdagi «2017-2021 yillarda past kuchlanishli elektr tarmoqlarini modernizatsiya qilish va yangi qurilish dasturi to’g’risida”gi PQ-2661 sonli qarori ijrosiga asosan, Kattabeshkapa” mahalla fuqarolar yig’inidagi TP-520 yuklamasini yengillatish uchun Zakovat ko’chasiga qo’shimcha KTPS-100/10/0,4 kVA transformator punkti qurilib, 5 ta ko’chaga 0.4 kV kuchlanishli 1,2 km uzunlikda SIP tarmog’i tortildi. Mazkur ko’chalardagi aholi tomonidan o’rnatilgan qo’lbola elektr tayanchlari o’rniga 96 dona temir beton tayanchlari o’rnatilib, nostandart simlar o’rniga zamonaviy rusumdagi kabel o’tkazgichlari tortildi.

“Balandmasjid” mahalla fuqarolar yig’ini Navro’z ko’chasidagi transformatorga aholi iste'molchilari va ichimlik suvi nasosi ulanganligi sababli transformator o’ta zo’riqish bilan ishlayotgani, qish mavsumida bir necha bor kuyib ishdan chiqqani sababli, mazkur transformatorni katta quvvatlisiga almashtirish 2021 yil dasturiga kiritilgan edi. Iyun oyida quvvati 400 kVA bo’lgan KTPK rusumli (narxi-100,8 mln so’m) yangi transformator punkti olib kelib o’rnatildi. Natijada TP-513 ga ulangan 180 dan ortiq xonadonlarning elektr ta'minoti yaxshilanib, ichimlik suvi nasosi elektr ta'minoti uzluksizligi yo’lga qo’yildi.

   “Kattaboltako’l” mahalla fuqarolar yig’inidagi TP-29 ni 100 kVA li transformatorda iste'molchilar soni ortib ketganligi sababli qo’shimcha transformator punkti qurish dasturga kiritilib, iyun oyida KTPK rusumli, quvvati 160 kVA bo’lgan yangi transformator punkti olib kelib o’rnatildi.10 va 0,4 kV uzatma qurish uchun 17 dona SV-110-3.5 va SV-95-2.0 tayanchlar o’rnatildi. Ayni kunlarda qurilish montaj ishlar davom etmoqda.

Shuningdek, “Sarmozor” mahalla fuqarolar yig’inidagi “Sarmozor” 10 kV uzatmasini aholi xonadonlari ustidan o’tgan 0,5 km qismini yo’l yoqasiga-xavfsiz joyga chiqarish uchun 13 dona temir beton tayanchlar o’rnatildi.

“O’qchi” mahalla fuqarolar yig’inidagi TP-286 yuklamasini yengillatish uchun 1 dona KTPS-160/6/0.4 kVA rusumli transformator punkti o’rnatildi va 6 kV uzatma qurildi. 0.4 kV uzatma qurish uchun 54 dona temir beton tayanchlar olib kelib o’rnatildi. Ushbu mahalladagi TP-284 yuklamasini yengillatish uchun qo’shimcha TP qurish maqsadida 22 dona temir beton tayanchlar o’rnatildi.

“Loyson” mahalla fuqarolar yig’inidagi TP-266 yuklamasini yengillatish uchun qo’shimcha KTPM rusumli quvvati 160 kVA bo’lgan transformator punkti, 10 va 0.4 kV tarmoq qurish uchun 44 dona temir beton tayanchlar o’rnatildi.


“Qayrag’och” mahallasidagi TP-491 yuklamasini yengillatish uchun qo’shimcha TP qurish maqsadida 61 dona temir beton tayanchlari, “Nurafshon” mahallasidagi Og’aliq ko’chasiga yangi KTPK rusumli quvvati 400 kVA bo’lgan tranfsormator punkti, “Mumtoz” mahallasidagi TP-689 ga qo’shimcha o’rnatish uchun KTPM rusumida quvvati 100 kVA bo’lgan tranfsormator punkti o’rnatildi.

“Langar” mahallasidagi TP-137 ga qo’shicha o’rnatish uchun KTPM rusumida quvvati 100 kVA bo’lgan tranfsormator punkti olib kelindi.

“G’ishtmon” mahallasining Bunyodkor ko’chasidagi mavjud 0.4 kV uzatmadagi yog’och tayanchlarni rekonstruktsiya qilish uchun 61 dona temir beton tayanchlar o’ranilib, SIP-50 rusumli kabel tarmog’i tortildi.

“Namuna” mahallasidagi TP-10 ga qo’shimcha o’rnatilgan KTPS-250 kVA ning 0.4 kV uzatmasi uchun 10 dona temir beton tayanchlar o’rnatilib, “Nurafshon” mahallasidagi 10 kV kuchlanishli Namuna uzatmasining 4 km qismi rekonstruktsiya qilindi.

Joriy yilda iste'molchilardan elektr ta'minoti yuzasidan kelib tushgan murojaatlarni hal etish uchun “Farg’ona XETK” AJ dan 47 dona temir beton tayanchlar olib kelib o’rnatildi. Bundan tashqari ichki imkoniyatdan 183 dona yog’och tayanchlar demontaj qilinib o’rnatildi.

Qo’shtepa tumani elektr ta'minoti korxonasi tomonidan 2021 yil uchun tasdiqlangan daturlar asosida ishlar davom ettirilmoqda.

Qo’shtepa tumani hokimligi


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram