Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
TUMAN HOKIMI HUDUDLARDA
2021-08-16 21:46:56 181
Tumanda kichik biznes, xususiy va oilaviy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish, mahalliy ishlab chiqaruvchilarni har tomonlama rag’batlantirish, eksport faoliyatini amalga oshiruvchi korxonalarni qo’llab-quvvatlash hamda ularga qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida “Tadbirkorlar uyi”da tuman hokimi I.Novikovning navbatdagi qabuli o’tkazildi. Qabulda tumanda faoliyat ko’rsatib kelayotgan 5 nafar tadbirkorlar turli masalalar bilan ishtirok etishdi. Qabul davomida ko’tarilgan taklif va muammolarni ijobiy hal etish yuzasidan muddatlar belgilanib, tegishli korxona va tashkilot rahbarlariga ko’rsatmalar berildi.
Tuman rahbari Xalq ta'limi bo’limiga qarashli 2-ixtisoslashtirilgan davlat umumta'lim maktabi, 8, 12 va 33-umumta'lim maktablarida bo’lib, muassasada tashkil etilgan saylov uchastkasida O’zbekiston Respublikasi Prezidentligi sayloviga hamda yangi o’quv yiliga munosib tayyorgarlik ko’rish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlarni o’rgandi. Muassasada mavjud muammo va kamchiliklarni qisqa muddatlarda bartaraf etish yuzasidan mas'ul rahbarlarga tegishli topshiriqlar berildi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga munosib tayyorgarlik ko’rish, uchastka saylov komissiya a'zolarini saylovga oid qonunchiliklar bilan tanishtirish hamda siyosiy bilimlarini oshirish maqsadida tuman 2-ixtisoslashtirilgan davlat umumta'lim maktabida uchastka saylov komissiya a'zolari uchun tashkil etilgan o’quv seminar jarayoni bilan tanishgan tuman hokimi mutasaddi rahbarlarga o’tkazilayotgan o’quv seminarlar samaradorligini oshirish hamda tinglovchilar bilim saviyasini belgilangan tartibda sinovdan o’tkazish yuzasidan tegishli topshiriqlar berdi.
27-sonli maktabgacha ta'lim tashkiloti filialida “Investitsiya” Dasturi asosida olib borilayotgan qurilish-ta'mirlash ishlari ham o’rganildi. Tuman hokimi tomonidan mas'ul rahbarlarga qurilish ishlarini qisqa muddatlarda yakunlash va foydalanishga topshirish yuzasidan tegishli ko’rsatmalar berildi.
“Texmashservis” mas'uliyati cheklangan jamiyatida paxta yig’im terim mavsumida qatnashadigan paxta tashish transport traktorlari va tirkamalarini mavsumga tayyorlash yuzasidan olib borilayotgan ta'mirlash ishlari bilan tanishgan tuman rahbari mas'ullarga ta'mirlash ishlarini qisqa muddatlarda yakunlash yuzasidan tegishli topshiriqlar berdi.
Tuman rahbari paxta maydonlarida olib borilayotgan agrotexnik tadbirlarning bajarilishi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi. Mas'ul korxona va tashkilot rahbarlariga 2021 yil hosili uchun ekilgan paxta maydonlarida agrotexnik tadbirlarni uyushqoqlik bilan o’tkazish yuzasidan tegishli ko’rsatmalar berildi.
Qo’shtepa tumani hokimligi