Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
SAYLOV-2021
2021-08-16 12:34:04 224
O’ZBEKISTON RESPULIKASI PREZIDENTI SAYLOVI OLDIDAN PARTIYa TAShKILOTLARINING KONFERENTsIYaLARI BO’LIB O’TMOQDA
Shu kunlarda Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O’zbekiston Liberal-demokratik partiyasining tuman-shahar konferentsiyalariga delegatlar saylash bo’yicha joylarda yig’ilishlar bo’lib o’tmoqda.
Tadbirlarda partiya tuman-shahar Kengashlari konferentsiyalariga delegatlarni saylash hamda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi kompaniyasida partiyaning munosib ishtirokini ta'minlash masalalari muhokama qilinmoqda.
Xususan, Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O’zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Qo’shtepa tumani partiya tashkilotining X Konferentsiyasiga delegat saylash bo’yicha Kengash tomonidan Fermer, dehqon xo’jaliklari va tomorqa yer egalari Qo’shtepa tumani kengashi, Madaniyat bo’limi, Qorakaltak, Langar MFY, Qo’shtepa tumani yo’llardan foydalanish unitar korxonasi boshlang’ich partiya tashkilotlarida konferentsiyalar bo’lib o’tdi.
Qo’shtepa tumani hokimligi