Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 37 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

MUSTAQILLIK BIZ UCHUN BEQIYOS IMKONIYATLARNI OCHIB BERDI

×

 2021-08-14 22:44:38    185

PDF yuklash
Chop etish



Mustaqillik biz uchun milliy davlatchiligimizni, insoniy huquq va qadr-qimmatimizni, an'analarimizni tiklashga, sog’lom, barkamol, yangi avlodni shakllantirish bo’yicha ilgari tasavvur ham qilib bo’lmaydigan beqiyos imkoniyatlar ochib berdi. Mustaqillik sharofati bilan oxirgi 5 yil ta'lim tizimida ijobiy o’zgarishlar va imkoniyatlarga boy yil bo’ldi.

Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev boshchiligidagi oqilona siyosat tufayli “Ta'lim to’g’risida”gi qonun qabul qilindi. “O’qituvchi maqomi to’g’risida”gi Qonun loyihasi, “O’qituvchi va murabbiylar hiyobonlari” tashkil etilishi, sirtqi oliy o’quv yurtlarining ochilishi, o’qituvchilar uchun berilayotgan imtiyozli kreditlar va avtokreditlar o’qituvchilarning kasbiga bo’lgan mehr-muhabbat, faxr tuyg’ularini tuyushga sabab bo’ldi. “Yoshlarni ma'naviy-axloqiy va jismoniy barkamol avlod etib tarbiyalash, sifat jihatidan yangi bosqichga ko’tarish chora-tadbirlari to’g’risida”gi Prezident qarori qabul qilindi. 2018-yil 1-sentyabrdan umumiy o’rta ta'lim muassasalari xodimlarining bazaviy ta'rif stavkalarini oshirildi, toifalarga bo’lgan e'tibor kuchaytirildi, maktabdagi o’quvchilar soniga qarab shtat birligi ko’paydi.

Men faoliyat olib borayotgan ta'lim muassasasida yuqorida keltirilgan qarorlarga tayanib samarali mehnat qilinmoqda. O’rta maxsus ma'lumotli o’qituvchilarimiz sirtqi oliy ta'limda o’qish baxtiga muyassar bo’ldilar. Kasbdoshlarimiz orasida imtiyozli kreditdan foydalanib uy-joy va mashinaga ega bo’lgan hamkasblarimiz talaygina. Moddiy yordam va rag’batlantirishlar pedagoglarimiz kuchiga kuch qo’shmoqda. Xalqaro baholash dasturlariga tayyorgarlik ko’rish, o’quvchilarimizning o’ziga va bilimiga bo’lgan ishonchni oshirmoqda.

O’qituvchilar uchun o’tkazilayotgan turli tanlovlar ustozlar uchun yana bir imkoniyatdir. Men boshlang’ich sinf o’qituvchisi sifatida 2003-yildan buyon o’quvchilarga ta'lim berib kelaman. So’nggi 5 yil men uchun imkoniyat va yutuqlarga boy bo’ldi. 2017-yil 1-sinflararo “Husnixat” ko’rik tanlovining viloyat bosqichida faxrli 2-o’rinni, 2018-yil “Eng yaxshi dars ishlanma” tanlovining tuman bosqichida 1-o’rinni, 2019-yil “Eng yaxshi fan o’qituvchisi” tanlovining viloyat bosqichida 2-o’rinni qo’lga kiritdim. 2019-2020 yil o’quv yilida Masofaviy ta'lim va Onlayn maktab loyihalarida maqola va videodarslarimni taqdim etdim. Joriy o’quv yilida oliy malaka toifasiga ega bo’ldim va “Eng yaxshi videodars” tanlovining viloyat bosqichida faol ishtirik etdim. Tanlovlar xolis va shaffoflik bilan o’tkazilgani sababli ustunlikka erishdim.

Xulosa o’rnida shuni aytmoqchimanki, bizning ozod, mustaqil diyorimizda tinimsiz izlanish va samarali mehnat albatta o’z natijasini beradi.

Gulnozaxon Bo’ronova,

43-umumiy o’rta ta'lim maktabi boshlang’ich sinf o’qituvchisi 


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram