Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
TUMAN HOKIMI HUDUDLARDA
2021-08-14 21:53:26 230
Qo’shtepa tumani hokimi, 1-sektor rahbari I.Novikov bugun “Aholi murojaatlari bilan ishlash tizimini mutlaqo yangicha tashkil qilish chora-tadbirlari” yuzasidan o’tkazilgan seminar-treningda ishtirok etdi.
Tuman rahbari Xalq ta'limi bo’limiga qarashli 16-umumta'lim maktabida bo’lib, ushbu muassasada O’zbekiston Respublikasi Prezidentligi sayloviga hamda yangi o’quv yiliga munosib tayyorgarlik ko’rish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlarni o’rgandi. Muassasadagi mavjud muammo va kamchiliklarni qisqa muddatlarda bartaraf etish yuzasidan mas'ul rahbarlarga tegishli topshiriqlar berildi.
Tumanda tashkil etilgan saylov uchastkalari raislari hamda mutasaddi tashkilot rahbarlari ishtirokida O’zbekiston Respublikasi Prezidentligi sayloviga munosib tayyorgarlik ko’rish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan tuman hokimligida yig’ilish bo’lib o’tdi. Tuman hokimi tomonidan saylov uchastkalarida olib borilayotgan ta'mirlash ishlarini qisqa muddatlarda yakunlash hamda uchastka saylov komissiyalarida qulay shart sharoitlar yaratish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.
Viloyat hokimining qishloq va suv xo’jaligi masalalari bo’yicha o’rinbosari A.Tursunov rahbarligida tumanda 2021 yil hosili uchun ekilgan paxta maydonlarida olib borilayotgan agrotexnik tadbirlarning bajarilishi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar o’rganildi. Mas'ul rahbarlarga paxta maydonlarida olib borilayotgan agrotexnik tadbirlar hamda g’o’za defoliatsiyasini belgilangan muddatlarda bajarilishi yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.
Shuningdek, viloyat hokimining o’rinbosari A.Tursunov rahbarligida sektor rahbarlari, qishloq xo’jaligi tashkilotlari hamda fermer xo’jaliklari rahbarlari ishtirokida “Qishloq xo’jaligi tashkilotlari hamda fermer xo’jaliklari rahbarlari ishtirokida paxta maydonlarida g’o’za defoliatsiyasini optimal muddatlarda o’tkazish, paxta yig’im-terimi mavsumiga hamda kuzgi boshoqli don ekinlarini ekish ishlariga tayyorgarlik ko’rish yuzasidan seminar-yig’ilishi o’tkazildi. Viloyat hokimining o’rinbosari A.Tursunov hamda tuman hokimi tomonidan mas'ul rahbarlarga paxta maydonlarida olib borilayotgan agrotexnik tadbirlarning bajarilishi, g’o’za defoliatsiyasini optimal muddatlarda o’tkazish hamda 2022 yil hosili uchun kuzgi boshoqli don ekinlarini ekishga tayyorgarlik ko’rish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.
Qo’shtepa tumani hokimligi