Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
SEMINAR-TRENING O’TKAZILDI
2021-08-12 15:57:13 159
Qo’shtepa tumanidagi “Madaniyat markazida” otinoyilar o’rtasida O’zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o’ttiz yilligi oldidan “Men ham bir zarrangmang, vatan” deb nomlangan seminar trening bo’lib o’tdi.
Unda viloyat targ’ibot guruhi rahbari S.Alimova, viloyat bosh otinoyisi X.Kamilova, viloyat ishchi guruhi a'zosi, “Oydin” gazetasi muharriri X.Karimova, tuman hokimining xotin-qizlar masalalari buyicha maslahatchisi M.Mo’ydinova, tuman bosh otinoyisi M.O’rmonova, targ’ibot guruhi rahbari D.Baxromova va mahalla fuqarolar yig’inlarining o’rinbosarlari ishtirok etdilar.
Shuningdek, tadbirda tuman hokimi I.Novikov va tuman prokurori M.Shomurodovlar ham qatnashdilar.
Seminarda davomida ishtirokchilarning ikkita shart buyicha diniy va dunyoviy bilimlari sinab ko’rilib, yangi tahrirdagi “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to’g’risida”gi qonunga kiritilgan o’zgartish o’rganildi.
Tadbir so’ngida otinoyilar taqdirlandilar.
Qo’shtepa tumani hokimligi