Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 20 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

TUMAN HOKIMI HUDUDLARDA

×

 2021-08-11 21:07:15    129

PDF yuklash
Chop etish



Qo’shtepa tumani hokimi, 1-sektor rahbari I.Novikov bugun 46-umumta'lim maktabida tashkil etilgan saylov uchastkasida O’zbekiston Respublikasi Prezidentligi sayloviga hamda yangi o’quv yiliga munosib tayyorgarlik ko’rish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi. Muassasada mavjud muammo va kamchiliklarni qisqa muddatlarda bartaraf etish yuzasidan mas'ul rahbarlarga tegishli topshiriqlar berildi.


Shuningdek, tuman rahbari 10-sonli maktabgacha ta'lim tashkilotida bo’lib, muassasada bolajonlarga qulay shart-sharoitlar yaratish, sanitariya gigiyeniya qoidalariga hamda oziq-ovqat mahsulotlari sifatiga alohida e'tibor qaratish yuzasidan o’zining tegishli ko’rsatmalarini berdi.

Tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli “Beshkapa” shifokor xizmat uyida bo’lgan I.Novikov muassasada aholiga tibbiy xizmat ko’rsatish hamda koronavirus kasalligiga qarshi emlash jarayoni bilan tanishdi. Mas'ul rahbarlarga aholini koronavirus kasalligiga qarshi vaksina bilan emlash bo’yicha tizimli ishlarni amalga oshirish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.


Tuman hokimi O’zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga munosib tayyorgarlik ko’rish, uchastka saylov komissiya a'zolarini saylovga oid qonunchiliklar bilan tanishtirish hamda siyosiy bilimlarini oshirish maqsadida “Yoshlar markazi”da saylov komissiya a'zolari uchun tashkil etilgan o’quv seminar jarayoni bilan tanishdi. Mutasaddi rahbarlarga o’tkazilayotgan o’quv seminarlar samaradorligini oshirish hamda tinglovchilar bilim saviyasini belgilangan tartibda sinovdan o’tkazish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.


Bugun qishloq xo’jaligi tashkilotlari hamda fermer xo’jaliklari rahbarlari uchun paxta maydonlarida olib borilayotgan agrotexnik tadbirlarning bajarilishi hamda 2022 yil hosili uchun kuzgi boshoqli don ekinlarini ekishga tayyorgarlik ko’rish yuzasidan joylarda yig’ilishlar o’tkazildi. Tuman hokimi tomonidan mas'ul rahbarlarga paxta maydonlarida olib borilayotgan agrotexnik tadbirlarni uyushqoqlik bilan o’tkazish va kuzgi boshoqli don ekinlarini ekishga tayyorgarlik ko’rish yuzasidan tegishli ko’rsatmalar berildi.

Qo’shtepa tumani hokimligi


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram