Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 51 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

FUQAROLARNING MUROJAATLARI O’RGANILMOQDA

×

 2021-08-10 13:43:44    161

PDF yuklash
Chop etish



Yurtimizda xalq bilan ochiq muloqot qilish, aholining talab va takliflarini o’rganish, ularning dardlarini tinglash, muammolarni imkon darajasida joyida hal etish muhim vazifalarimizdan hisoblanadi. 


Bugun tuman hokimi I.Novikov va sektor rahbarlari “Istiqbol” mahalla fuqarolar yig’inida aholi bilan sayyor qabul o’tkazdilar.

Tuman hokimining o’rinbosarlari, aloqador idora va tashkilotlar rahbarlari ishtirok etgan qabulda 30 nafarga yaqin fuqarolarning muammolari o’rganildi.


Tuman hokimi va sektor rahbarlari tomonidan fuqarolarning muammolari birma bir tinglanib, yechimiga e'tibor qaratildi. Murojaatlarning ba'zilari shu yerning o’zda hal bo’ldi, ijrosi ma'lum muddat vaqt talab etadigan murojaatlar esa mas'ullarga biriktirildi va nazoratga olindi. Aholiga muammolarning yechilishi yuzasidan huquqiy tushuntirishlar ham berildi. 


Shuningdek, tuman hokimi tomonidan tumanda jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari bilan ishlash bo’yicha amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilinib, aholi murojaatlarini ijobiy hal etish bo’yicha tegishli topshiriqlar berildi.


Oqbilol ko’chasi,19-uyda yashovchi M.Xolmatov bosh miyaga qon quyilishi oqibatida bir yildan buyon bir joyda bo’lib qolgan edi. Bugungi qabulda uning oila a'zolari M.Xolmatov uchun nogironlik aravachasi olishda yordam so’rab murojaat qildilar. Ularning murojaatlari joyida hal etildi.

Tuman hokimi I.Novikov va tuman prokurori M.Shomurodovlar M.Xolmatovning xonadonida bo’ldilar. Bemorning xolidan xabar olinib unga nogironlik aravachasi topshirildi. 

Qo’shtepa tumani hokimligi


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram