Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
TUMAN HOKIMI HUDUDLARDA
2021-08-05 21:10:37 147
Qo’shtepa tumani hokimi, 1-sektor rahbari I.Novikov bugun O’zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga munosib tayyorgarlik ko’rish, uchastka saylov komissiya a'zolarini saylovga oid qonunchiliklar bilan tanishtirish hamda siyosiy bilimlarini oshirish maqsadida “Yoshlar markazi”da saylov komissiya a'zolari uchun tashkil etilgan o’quv seminar bilan tanishdi. Tuman hokimi tomonidan mutasaddi rahbarlarga o’tkazilayotgan o’quv seminarlar samaradorligini oshirish hamda tinglovchilar bilim saviyasini belgilangan tartibda sinovdan o’tkazish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.
Tuman rahbari Xalq ta'limi bo’limiga qarashli 1-umumta'lim maktabida bo’lib, ushbu muassasalarda O’zbekiston Respublikasi Prezidentligi sayloviga hamda yangi o’quv yiliga munosib tayyorgarlik ko’rish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi. Muassasadagi mavjud muammo va kamchiliklarni qisqa muddatlarda bartaraf etish yuzasidan mas'ul rahbarlarga tegishli topshiriqlar berildi.
Tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli 85-sonli qishloq oilaviy poliklinikasida bo’lgan I.Novikov muassasada aholiga tibbiy xizmat ko’rsatish hamda koronavirus kasalligiga qarshi emlash yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi. Mas'ul rahbarlarga aholini koronavirus kasalligiga qarshi vaksina bilan emlash bo’yicha tizimli ishlarni amalga oshirish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.
Qishloq xo’jaligi tashkilotlari hamda fermer xo’jaliklari rahbarlari ishtirokida paxta maydonlarida olib borilayotgan agrotexnik tadbirlarning bajarilishi hamda 2022 yil hosili uchun kuzgi boshoqli don ekinlarini ekishga tayyorgarlik ko’rish yuzasidan tuman rahbari ishtirokida joylarda yig’ilishlar o’tkazildi. Mas'ul rahbarlarga paxta maydonlarida olib borilayotgan agrotexnik tadbirlarni uyushqoqlik bilan o’tkazish va 2022 yil hosili uchun kuzgi boshoqli don ekinlarini ekishga tayyorgarlik ko’rish yuzasidan tegishli ko’rsatmalar berildi.
Qo’shtepa tumani hokimligi