Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
QABULLAR DAVOM ETMOQDA
2021-08-05 21:07:57 180
Bugun ham Qo’shtepa tumani hokimi I.Novikov va sektor rahbarlarining qabullari bo’lib o’tdi. Kunlik qabullar Qamishtepa mahalla fuqarolar yig’ini binosida Qamishtepa va Qizilariq mahalla fuqarolar yig’inlari, shuningdek, tuman Xalq ta'limi bo’limiga qarashli 37-umumta'lim maktabida Quvurboshi va Sarmozor mahalla fuqarolar yig’inlarida istiqomat qiluvchi aholi vakillari uchun tashkil etildi.
Qabul davomida mas'ul rahbarlar ishtirokida tumanda jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari bilan ishlash bo’yicha amalga oshirilayotgan ishlar ham muhokama qilindi. Tuman hokimi I.Novikov tomonidan aholi murojaatlarini ijobiy hal etish bo’yicha tegishli topshiriqlar berildi.
Qo’shtepa tumani hokimligi