Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
JAHOLATGA QARSHI – MA'RIFAT
2021-08-05 16:49:00 262
Qo’shtepa tumani Istiqlol mahalla fuqarolar yig’inida 1989 yilda tug’ilgan, diniy bilimga ega bo’lmagan fuqaro tomonidan 2021 yilning may oyidan buyon xonadonida yotoq “Hujra” tashkil qilib, 5 nafar voyaga yetmaganlarga diniy ta'lim berib kelayotganligi aniqlandi.
Ushbu holat bo’yicha Din ishlari bo’yicha qo’mitaning viloyat hududiy boshqarmasi Qo’shtepa tumani bo’yicha bosh mutaxassisi S.Nuriddinov, tuman IIB TEQKG tezkor vakili kapitan M.Qirg’izov, Ma'naviyat va ma'rifat markazi tuman bo’linmasi rahbari N.Otabekov, “Abdusamad Oxun” masjidi imom-xatibi Z.Turdiyevlar tomonidan 17-umumiy o’rta ta'lim maktabida Istiqlol mahallasi faollari ishtirokida muhokama yig’ilishi o’tkazildi.
Yig’ilishda noqonuniy sha'riy nikoh hamda noqonuniy diniy saboq berish holatlarini oldini olish, mahallalarda hushyorlik va ogohlikni kuchaytirish, urf-odatlarimiz va milliy qadriyatlarimizni asrash, voyaga yetmaganlarning diniy saboq olish maqsadida noqonuniy ravishda Misr Arab Respublikasiga chiqib ketishiga yo’l qo’ymaslik, shuningdek, ijtimoiy-siyosiy jarayonlarga diniy tus berilishi, soxta g’oyalarni asl diniy qadriyatlar sifatida talqin qilinishi va aholi orasida nosog’lom aqida singdirilishini oldini olish, milliy va diniy qadriyatlarga hurmatni yanada oshirish, yoshlar ta'lim-tarbiyasiga jiddiy e'tibor qaratish, jamiyatda “Jaholatga qarshi – ma'rifat” degan ulug’vor g’oya asosida dinning insonparvarlik, ezgulik va tinchlik kabi fazilatlarini, diniy bag’rikenglik ruhini keng targ’ib qilish, ijtimoiy-ma'naviy muhit barqarorligi va qonun ustuvorligini ta'minlash bo’yicha tushuntirish va targ’ibot ishlari olib borildi.
Qo’shtepa tumani hokimligi