Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 77 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

“BIZ ZO’RAVONLIKSIZ HAYOT TARAFDORIMIZ” MAVZUSIDA AMALIY SEMINAR O’TKAZILDI

×

 2021-08-05 16:25:43    237

PDF yuklash
Chop etish



Qo’shtepa tumanidagi 1-IDUMda viloyat Mahalla va oilani qo’llab-quvvatlash boshqarmasi, “Qalb nuri” ayollar va ularning oilalarini ijtimoiy-huquqiy qo’llab-quvvatlash markazi hamda tuman hokimligi bilan hamkorlikda “Biz zo’ravonliksiz hayot tarafdorimiz” loyihasi doirasida amaliy seminar o’tkazildi.

Seminarda Mahalla va oilani qo’llab-quvvatlash bo’limi, shuningdek tumanimizdagi huquq-tartibot idoralari xodimlari, Tibbiyot birlashmasi, Aholi bandligiga ko’maklashish markazi mutaxassislari hamda tuman bosh imomi, bosh otinoyisi, mahalla fuqarolar yig’inlarining raislari va ularning oila, xotin-qizlar va ijtimoiy ma'naviy masalalari bo’yicha o’rinbosarlari, umumta'lim maktablarining psixologlari, masalaga daxldor soha mutaxassislari ishtirok etdilar.


Seminar davomida tumanda ayollar va ularning ijtimoiy-huquqiy jihatdan qo’llab-quvvatlash, gender tengligi, zo’ravonlikni oldini olish borasida amalga oshirilgan ishlar, erishilgan natijalar va mavjud muammolar to’g’risida o’zaro fikr almashdilar.

“Qalb nuri” markazi rahbari D.To’xtasinova soha mutaxassislari uchun kun tartibidagi masala yuzasidan amalga oshirilishi lozim bo’lgan vazifalar, idoralararo hamkorlikda e'tibor qaratilishi lozim bo’lgan dolzarb vazifalar to’g’risida slaydlar va didaktik materiallar asosida tushunchalar berdi.

Tadbir ishtirokchilari amaliy seminar davomida o’zlari uchun zarur bo’lgan uslubiy, amaliy yordam va ko’nikmalarni oldilar.

Qo’shtepa tumani hokimligi


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram