Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
KENG QAMROVDAGI KUNLIK QABULLAR DAVOM ETMOQDA
2021-08-04 21:06:58 180
Joriy yilning 23 iyul kuni Prezident raisligida aholi murojaatlari bilan ishlash tizimini yangicha tashkil qilish chora-tadbirlari bo’yicha videoselektor yig’ilishi o’tkazildi. Davlatimiz rahbari odamlarni murojaat qilishga majbur etayotgan muammolarni mahallaning o’zida bartaraf qilish kerakligini ta'kidladi.
Hokimlar bir haftada ikki kunni fuqarolarni qabul qilishga ajratishi, shuningdek, hokimliklarda kunlik qabul yo’lga qo’yilishi belgilangan edi. Shu munosabat bilan Qo’shtepa tumani fuqarolari uchun murojaatlarni kunlik qabul qilish tizimi joriy etildi.
Bugun ham tuman hokimi I.Novikov va sektor rahbarlarining qabullari bo’lib o’tdi. Kunlik qabullar tuman Xalq ta'limi bo’limiga qarashli 20-umumta'lim maktabida Shodlik, Langar, Qorakaltak mahalla fuqarolar yig’inlari, Yangi ariq mahalla fuqarolar yig’ini binosida Yangi ariq va Qo’rg’oncha mahalla fuqarolar yig’inlarida istiqomat qiluvchi aholi vakillari uchun tashkil etildi.
Qabul davomida mas'ul rahbarlar ishtirokida tumanda jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari bilan ishlash bo’yicha amalga oshirilayotgan ishlar ham muhokama qilindi. Tuman hokimi I.Novikov tomonidan aholi murojaatlarini ijobiy hal etish bo’yicha tegishli topshiriqlar berildi.
Qo’shtepa tumani hokimligi