Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 18 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

TUMAN HOKIMI HUDUDLARDA

×

 2021-08-02 21:16:15    99

PDF yuklash
Chop etish



Kichik biznes, xususiy va oilaviy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish, mahalliy ishlab chiqaruvchilarni har tomonlama rag’batlantirish, eksport faoliyatini amalga oshiruvchi korxonalarni qo’llab-quvvatlash hamda ularga qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida “Tadbirkorlar uyi”da Qo’shtepa tumani hokimi I.Novikovning navbatdagi qabuli o’tkazildi. Qabulda tumanimizda faoliyat ko’rsatib kelayotgan 7 nafar tadbirkorlar turli masalalar bilan ishtirok etishdi. Qabul davomida ko’tarilgan taklif va muammolarni ijobiy hal etish yuzasidan muddatlar belgilanib, tegishli korxona va tashkilot rahbarlariga ko’rsatmalar berildi.


Tuman hokimi va sektor rahbarlari ishtirokida Xalq ta'limi bo’limiga qarashli 22-umumta'lim maktabida Loyson, Dehqonobod mahalla fuqarolar yig’inlari hamda 9-umumta'lim maktabida Xalqobod, Qorajiyda va Xo’jaqishloq mahalla fuqarolar yig’inlarida istiqomat qiluvchi aholi vakillari, shuningdek, mas'ul rahbarlar ishtirokida tumanda jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari bilan ishlash bo’yicha amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi. Tuman hokimi tomonidan aholi murojaatlarini ijobiy hal etish bo’yicha tegishli topshiriqlar berildi.


I.Novikov tuman Xalq ta'limi bo’limiga qarashli 30-umumta'lim maktabida bo’lib, muassasada “Investitsiya” Dasturi asosida olib borilayotgan qurilish-ta'mirlash hamda O’zbekiston Respublikasi Prezidentligi sayloviga hamda yangi o’quv yiliga munosib tayyorgarlik ko’rish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlarni o’rgandi. Tuman hokimi tomonidan muassasada mavjud muammo va kamchiliklarni qisqa muddatlarda bartaraf etish yuzasidan mas'ul rahbarlarga tegishli topshiriqlar berildi.

Shuningdek, tuman rahbari fermer xo’jaliklari tomonidan paxta maydonlarida olib borilayotgan agrotexnik tadbirlarni bajarilishi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlarni o’rganib, mas'ul korxona va tashkilot rahbarlariga 2021 yil hosili uchun ekilgan paxta maydonlarida agrotexnik tadbirlarni uyushqoqlik bilan o’tkazish yuzasidan o’zining tegishli ko’rsatmalarini berdi.

Qo’shtepa tumani hokimligi


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram