Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 131 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

TUMAN HOKIMI HUDUDLARDA

×

 2021-07-31 21:03:47    122

PDF yuklash
Chop etish



Bugun Qo’shtepa tumani hokimi, 1-sektor rahbari I.Novikov hamda sektor rahbarlari ishtirokida Sohibkor mahalla fuqarolar yig’ini binosida Sohibkor va Karnaychi mahalla fuqarolar yig’inlari hamda tuman Xalq ta'limi bo’limiga qarashli 6-umumta'lim maktabida Katta boltako’l, Vatan va Bo’ston mahalla fuqarolar yig’inlarida istiqomat qiluvchi aholi vakillari ishtirokida tumanda jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari bilan ishlash bo’yicha amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi. Tuman hokimi tomonidan aholi murojaatlarini ijobiy hal etish bo’yicha tegishli topshiriqlar berildi.


Tuman rahbari Xalq ta'limi bo’limiga qarashli 2, 4, 6, 14 va 35-umumta'lim maktablarida bo’lib, muassasada O’zbekiston Respublikasi Prezidentligi sayloviga hamda yangi o’quv yiliga munosib tayyorgarlik ko’rish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlarni o’rgandi. Tuman hokimi tomonidan muassasada mavjud muammo va kamchiliklarni qisqa muddatlarda bartaraf etish yuzasidan mas'ul rahbarlarga tegishli topshiriqlar berildi.

Tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli “Paxtakor” qishloq vrachlik punktida bo’lgan tuman hokimi muassasada aholiga tibbiy xizmat ko’rsatish hamda koronavirus kasalligiga qarshi vaksina bilan emlash yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi. Mas'ul rahbarlarga aholini koronavirus kasalligiga qarshi vaksina bilan emlash bo’yicha tizimli ishlarni amalga oshirish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.


I.Novikov 1-sektor hududida tashkil etilgan saylov uchastkalarida faoliyat olib borayotgan uchastka saylov komissiyalari faoliyati bilan tanishib, ular bilan saylovga oid qonunchiliklar yuzasidan suhbat o’tkazdi.

Tuman rahbari fermer xo’jaliklari tomonidan paxta maydonlarida olib borilayotgan agrotexnik tadbirlarning bajarilishi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi. Mas'ul korxona va tashkilot rahbarlariga 2021 yil hosili uchun ekilgan paxta maydonlarida agrotexnik tadbirlarni uyushqoqlik bilan o’tkazish yuzasidan tegishli ko’rsatmalar berildi. Shuningdek, paxta maydonlarida faoliyat olib borayotgan ishchilarga tuman hokimligining esdalik sovg’alari topshirildi.

Qo’shtepa tumani hokimligi


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram