Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
MAJBURIY IJRO BYUROSI QO’SHTEPA TUMANI BO’LIMI FAOLIYATIDAN
2021-07-27 13:35:05 503
Majburiy ijro byurosi Qo’shtepa tumani bo’limi tomonidan Sud va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish shuningdek, davlat foydasiga soliq qarz undirish bilan bog’liq ijro hujjatlari ijrosi yuzasidan bir qator ishlar amalga oshirilib kelinmoqda.
Xususan, bo’lim ish yurituvidagi Qo’shtepa tuman Davlat Soliq Inspektsiyasining 05.02.2021 yildagi Soliq majburiyatiga ega shaxsning mol-mulki hisobidan soliq qarzini undirish to’g’risidagi qaroriga ko’ra qarzdor “Said-Sodiqxon” fermer xo’jaligidan davlat foydasiga 10.687.955 so’m soliq qarz undirish hamda “FAYZLI ODIL MAXMUD” fermer xo’jaligidan davlat foydasiga 8.924.891 so’m soliq qarz undirish belgilangan bo’lib, fermer xo’jaligi rahbarlari o’ziga berilgan ixtiyoriy muddatda uzrsiz sabablarga ko’ra ijro hujjati talabini bajarmaganligi sababli, “Said-Sodiqxon” fermer xo’jaligi rahbari Sodiqxon Akramov hamda “FAYZLI ODIL MAXMUD” fermer xo’jaligi rahbari Javlon Abduvaliyevlarga nisbatan O’zbekiston Respublikasi MJtKning 198 prim 1-moddasi 1-qismi (2-qismi)ga asosan va MJtKning 332 prim 1-moddasi hamda “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to’g’risida”gi Qonunining 82-moddasiga asosan bazaviy hisoblash miqdorining 15 (o’n besh) baravari miqdorida, ya'ni 3.675.000 so’m miqdorida jarima qo’llanilib, fermer xo’jaligi rahbarlaridan davlat foydasiga jami 27.943.489 so’m undirildi.
Bundan tashqari, Jinoyat ishlari bo’yicha Quva tuman sudining 02.06.2021 yildagi ijro hujjatiga asosan qarzdor Akbarali Isaqovdan undiruvchi Xursandbek Ismonov foydasiga 11.170.000 so’m moddiy zarar pullari undirilib, undiruvchiga topshirildi.
Mazkur ijro hujjati undiruvchining moddiy zarar pullarini to’liq olganligi to’g’risidagi tilxatiga asosan ijro ishi yurituvi O’zbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to’g’risida”gi Qonunining 41-moddasi, 1-bandiga asosan tamomlandi.
X.F.BOZOROV,
Majburiy ijro byurosi Qo’shtepa tumani bo’limi davlat ijrochisi