Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
“MEHR” INSONPARVARLIK OPERATSIYASI – BAG’RIKENGLIK VA OLIJANOBLIK IFODASI
2021-07-24 19:11:08 162
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning topshirig’i va bevosita nazorati ostida amalga oshirilgan “Mehr 2” operatsiyasida Iroqdagi urush nuqtalaridan o’zbekistonlik begunoh bolalar maxsus aviareysda yurtimizga olib kelingan edi.
“Mehr 2” tadbiri doirasida Qo’shtepa tumaniga olib kelingan Azimov Muhammad Ismoiljon o’g’li va Azimov Saidbek Ismoiljon o’g’illari sog’lig’iga ko’ra Toshkent viloyatidagi Oqtosh sanatoriyasida davolanishga muhtoj edilar.
Bugun tuman hokimining o’rinbosari A.Yusupov va Din ishlari bo’yicha qo’mitaning tuman vakili S.Nuriddinov ularning xonadonida bo’lib, buvasi Mo’tabarxon Azizova bilan suhbat o’tkazdilar. Ularni Oqtosh sanatoriyasida davolanishi uchun 3 dona yo’llanma hamda sog’lig’ini ambulator sharoitda davolash uchun 2 nafar voyaga yetmaganlarning har biriga 3 million so’mdan jami 6 million so’m yordam puli berildi.
Qo’shtepa tumani hokimligi