Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
TUMAN HOKIMI HUDUDLARDA
2021-07-07 10:20:58 207
Qo’shtepa tumani hokimi, 1-sektor rahbari I.Novikov 45-umumta'lim maktabida bo’lib, muassasada O’zbekiston Respublikasi Prezidentligi sayloviga hamda yangi o’quv yiliga munosib tayyorgarlik ko’rish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlarni o’rgandi. Tuman hokimi tomonidan muassasada mavjud muammo va kamchiliklarni qisqa muddatlarda bartaraf etish yuzasidan mas'ul rahbarlarga tegishli topshiriqlar berildi.
9-sonli maktabgacha ta'lim tashkilotida bo’lgan tuman hokimi muassasada bolajonlarga qulay shart-sharoitlar yaratish, sanitariya gigiyeniya qoidalariga hamda oziq-ovqat mahsulotlari sifatiga alohida e'tibor qaratish yuzasidan tegishli ko’rsatmalar berdi.
Tuman hokimi rahbarligida “Sohibkor”, “Qiyqi” hamda “G’ishtmon” mahalla fuqarolar yig’inlarida “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan hamda ishsiz fuqarolarning bandligini ta'minlash maqsadida g’alladan bo’shagan maydonlardan takroriy ekin uchun yer maydonlari ajratib berildi.
Paxta maydonlarida mehnat qilayotgan mexanizatorlarga yaratilgan shart-sharoitlar ham tuman hokimi tomonidan o’rganildi. Paxta maydonlarida mehnat qilayotgan ishchi va mexanizatorlarga issiq ovqat hamda madaniy dam olishlari uchun qulay sharoitlar yaratish yuzasidan mas'ul rahbarlarga tegishli topshiriqlar berildi.
QO’ShTEPA TUMANI HOKIMLIGI