Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Avgust 2021 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 8 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

TARG’IBOT TADBIRLARI DAVOM ETMOQDA

×

 2021-07-04 15:20:04    40

PDF yuklash
Chop etish



Qo’shtepa tumanida tojdor virus tarqalishiga qarshi chora-tadbirlar olib borilib, bu borada ko’plab amaliy ishlar yo’lga qo’yildi.

Tuman SEO va JSB xodimlari tomonidan koronavirus infektsiyasini aniqlash maqsadida tana harorati ko’tarilgan fuqarolardan, kasallik aniqlangan bemorlar bilan muloqotda bo’lgan shaxslardan hamda epid ko’rsatmalarga asosan  fuqarolardan PZR tahlillari olinib, viloyat SEO va JSB virusologiya laboratoriyasiga yuborilmoqda.

Shuningdek, tumanimizda aholini koronavirus infektsiyasiga qarshi emlash tadbirlarini o’tkazish maqsadida 3 xil turdagi (ASTRA-ZENEKA, ZF-UZ-VAS 200-01, SPUTNIK V) vaktsinalar olib kelinib, emlash jarayonlari tashkil etildi. Hozirda 3-bosqichdagi emlash ishlari olib borilmoqda. 


Tuman SEO va JSB xodimlari tomonidan hududlardagi savdo shahobchalarida, yo’nalishlar bo’yicha qatnovchi haydovchilar orasida jamoat joylarida karantin qoidalariga rioya qilish, fuqarolarni tibbiy niqobda bo’lishlari hamda oraliq masofani saqlashlari yuzasidan tushuntirish ishlari olib borilmoqda.

Piyoda va transport haydovchilariga niqob taqish rejimiga muntazam rioya qilishlari tushuntirilmoqda. Savdo do’konlari sotuvchilari doimo tibbiy niqoblarda bo’lishi, tez-tez antiseptik vositalar sepilishi, ijtimoiy masofani saqlash bo’yicha ham tushuntirish ishlari olib borilmoqda. Yoz faslida havo keskin isib ketganligi sababli savdo va umumiy ovqatlanish shahobchalarida va uy sharoitida tayorlangan oziq-ovqat mahsulotlari, salqinlantiruvchi qo’lbola ichimliklar, muzqaymoq, tez buziladigan, sifati kafolatlanmagan mahsulotlar sotilishining oldini olish yuzasidan ogohlantirish berilmoqda.

Koronavirus infektsiyasini tumanimizga kirib kelishi va tarqalishining oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar tizimli ravishda davom ettirilmoqda.

I.MADUMAROV,

Qo’shtepa tumani SEO va JSB boshlig’i


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram