Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 18 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

QO’SHTEPA TUMANIDA OILAVIY NODAVLAT MAKTABGACHA TA'LIM TASHKILOTLARINING SONI ORTIB BORMOQDA

×

 2021-07-03 23:33:24    154

PDF yuklash
Chop etish



Qo’shtepa tumanida Maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalar 15919 nafarni tashkil etib, ulardan 11160 nafari 36 ta davlat, 3 ta DXSh asosidagi NMTT, 86 ta ONMTT va 5 ta Xususiy nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotlariga qamralgan. Qamrov ko’rsatkichi shu kugacha 70.1% ni tashkil etmoqda.

Joriy yil aprel oyida tasdiqlangan dasturga asosan tumanda iyun oyida 35 ta oilaviy nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotlari tashkil etilishi belgilangan edi. Xususan, 25 iyun kuni 23 ta yangi oilaviy nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotlari ishga tushirildi. Buning natijasida qo’shimcha 650 nafar bolalar bog’chalarga jalb etildi. Mazkur ONMTTlar ishga tushirilishi munosabati bilan yuzdan ziyod aholining bandligi ta'minlandi. 


Yangi tashkil etilgan oilaviy bog’chalarda davlat standartlari asosida ta'lim-tarbiya berish, sog’lom ovqatlantirish uchun barcha sharoitlar yaratilgan yaratilgan. Shuningdek, chet tillarini o’rgatish va sport to’garaklari ham tashkil etilgan.

Qo’shtepa tumanida iyul oyida yana 12 ta oilaviy nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotlari tashkil etish rejalashtirilgan. Yil oxirigacha bolalarni maktabgacha ta'lim tashkilotlariga qamrab olish ko’rsatkichi 76% foizga yetkaziladi.


Nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotlarida ta'lim sifatini oshirish, bolalarga davlat standartlari asosida ta'lim va tarbiya berish maqsadida davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlarining malakali pedagog xodimlari biriktirilib, bolalarga zamon talablari asosida bilim berilishiga ham e'tibor qaratilmoqda.

Qo’shtepa tumani hokimligi


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram