Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 30 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

TUMAN HOKIMI HUDUDLARDA

×

 2021-07-03 22:42:05    77

PDF yuklash
Chop etish



Tumanda mahallabay ishlash tizimi asosida aholi muammolarini aniqlash hamda tizimli hal etish yuzasidan 1-sektor shtabida boshqaruv ofisi a'zolari ishtirokida yig’ilish bo’lib o’tdi. Qo’shtepa tumani hokimi, 1-sektor rahbari I.Novikov ishchi guruh a'zolari tomonidan aniqlangan muammolarni manzilli hal etish hamda aholini tadbirkorlikka yo’naltirish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlarni muhokama qilib, kelgusidagi vazifalar yuzasidan tegishli topshiriqlar berdi.


Tuman rahbari Xalq ta'limi bo’limiga qarashli 6-umumta'lim maktabida bo’lib, muassasada O’zbekiston Respublikasi Prezidentligi sayloviga hamda yangi o’quv yiliga munosib tayyorgarlik ko’rish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlarni o’rgandi. Muassasada mavjud muammo va kamchiliklarni qisqa muddatlarda bartaraf etish yuzasidan mas'ul rahbarlarga tegishli topshiriqlar berildi.


Tuman Tibbiyot birlashmasiga qarashli “Paxtakor” shifokor xizmat uyida bo’lgan tuman hokimi, muassasada aholiga yaratilgan shart-sharoitlar hamda tibbiy xizmat ko’rsatish sifati bilan tanishdi. Muassasada aholiga tibbiy xizmat ko’rsatish sifatini yanada oshirish yuzasidan mas'ul tashkilot rahbarlariga tegishli topshiriqlar berildi.

Tuman hokimi rahbarligida Yangi do’kon, Soy bo’yi, Karnaychi, Sohibkor, Istiqbol, Nurafshon, Oqtepa, Yo’ldoshobod hamda Qayrag’och mahalla fuqarolar yig’inlarida “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan hamda ishsiz fuqarolarning bandligini ta'minlash maqsadida g’alladan bo’shagan maydonlardan takroriy ekin ekish uchun yer maydonlari ajratib berildi.

YEtishtirilgan g’alla hosilini nes-nobud qilmay yig’ishtirib olish hamda belgilangan rejani bajarilishi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlarni o’rganish maqsadida tuman rahbari g’alla o’rilayotgan yer maydonlarida bo’ldi. Mas'ul rahbarlarga g’alla o’rimi olib borilayotgan maydonlarda yong’in havfsizligi va g’allani talon-taroj etilishining oldini olish hamda davlat omborlariga belgilangan tartibda yetkazish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.


Tuman hokimi fermer xo’jaliklari tomonidan 2021 yil hosili uchun ekilgan paxta maydonlarida olib borilayotgan agrotexnik tadbirlarning bajarilishi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar o’rganildi. Mas'ul korxona va tashkilot rahbarlariga paxta maydonlarida olib borilayotgan agrotexnik tadbirlarni uyushqoqlik bilan o’tkazish yuzasidan tegishli ko’rsatmalar berildi.

Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram