Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 10 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

ENG YAXSHI G’OYA MUALLIFLARI ANIQLANDI

×

 2021-07-03 13:22:42    112

PDF yuklash
Chop etish



Qo’shtepa tumani maktabgacha ta'lim tashkiloti pedagog xodimlari o’rtasida “Eng yaxshi g’oya muallifi” shiori ostida ko’rik-tanlov bo’lib o’tdi. Ushbu tanlovning maqsadi maktabgacha ta'lim tashkiloti pedagog xodimlarining innovatsion faoliyatini qo’llab-quvvatlash, ilg’or pedagogik tajribalarni keng ommalashtirish, ta'lim-tarbiya jarayoniga “Ilk qadam” davlat o’quv dasturi va Maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalarni rivojlanishiga qo’yiladigan davlat talablari asosida yangi pedagogik-texnologiyalarni joriy etish, maktabgacha ta'lim tizimida faoliyat yuritib kelayotgan ijodkor va iqtidorli pedagoglarni rag’batlantirish, kasbiy faoliyatida sog’lom raqobat va ijodkorlik muhitini yaratishdir.

Tanlov tumandagi barcha davlat va nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotlari pedagog xodimlari o’rtasida 1-sonli kasb-hunar maktabida bo’lib o’tdi.

Maktabgacha ta'lim tashkilotlari pedagoglari tanlovda maktabgacha ta'lim jarayonidagi o’qitish metodikasiga oid ishlari, metodik, ilmiy, ma'naviy-ma'rifiy materiallar va yaratgan ijodiy mahsulotlari, shuningdek, ko’rgazmali hamda didaktik materiallari, axborot-kommunikatsiya va innovatsion texnologiyalarni ta'lim-tarbiya jarayonidagi mashg’ulotlarda ishlatilishiga oid ishlari bilan ishtirok etdilar.

Tanlovning tuman bosqichida 1-o’rinni “Paxtakor” mahalla fuqarolar yig’ini hududidagi Pedagogika kolleji qoshida tashkillangan 12-sonli MTT tarbiyachisi G.Muxtorbekova, 2-o’rinni 32-MTT tarbiyachisi Z.Xasanova, 3-o’rinni 28-MTT tarbiyachisi S.Abduraximovalar qo’lga kiritishdi.

G’oliblar tuman maktabgacha ta'lim bo’limining faxriy yorliq va esdalik sovg’alari bilan taqdirlandilar.

QO’ShTEPA TUMANI HOKIMLIGI


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram