Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
JAHOLATGA QARSHI MA'RIFAT BILAN KURASHMOQ ZAMON TALABI
2021-07-01 16:37:06 198
Viloyatimizdagi mahalla fuqarolar yig’inlari xodimlari ishtirokida ijtimoiy-ma'naviy muhitni sog’lomlashtirish bo’yicha davra suhbatlari tashkil etilmoqda.
Qo’shtepa tumanida tashkil etilgan tadbir 1-IDUM hovlisida, karantin qoidalariga amal qilgan holda bo’lib o’tdi.
Tadbirda tuman hokimi I.Novikov, viloyat hokimi o’rinbosari J.Xatamov, O’zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi raisining o’rinbosari, Mehnat inspektsiyasi boshlig’i Q.Qirg’izaliyev hamda sektor rahbarlari, tuman hokimining o’rinbosarlari, mutasaddi tashkilotlar rahbarlari, mahalla fuqarolar yig’ini raislari, ularning oila, xotin-qizlar va ijtimoiy-ma'naviy masalalar bo’yicha o’rinbosarlari, tuman xotin-qizlar jamoatchilik kengashi a'zolari ishtirok etdilar.
Tadbirda “Jaholatga qarshi ma'rifat bilan kurashish”, “Geosiyosiy o’yinlardan ogoh bo’lish – davr talabi” mavzularida davra suhbati olib borildi.
Viloyat hokimi o’rinbosari J.Xatamov o’z ma'ruzasida Jaholatga qarshi ma'rifat bilan kurashmoq zamon talabi ekanligini ta'kidlab, islom olamida ro’y berayotgan geosiyosiy jarayonlar haqida zarur ma'lumotlar berdi. Mazkur ma'ruza tadbir ishtirokchilarida katta qiziqish uyg’otdi.
Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.