Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 34 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

TUMAN HOKIMI HUDUDLARDA

×

 2021-06-29 21:22:45    230

PDF yuklash
Chop etish


Qo’shtepa tumani hokimi, 1-sektor rahbari I.Novikov tuman Xalq ta'limi bo’limiga qarashli 16-umumta'lim maktabida bo’lib, muassasada O’zbekiston Respublikasi Prezidentligi sayloviga hamda yangi o’quv yiliga munosib tayyorgarlik ko’rish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi. Muassasadagi mavjud muammo va kamchiliklarni qisqa muddatlarda bartaraf etish yuzasidan mas'ul rahbarlarga tegishli topshiriqlar berildi.


Tuman rahbari 19-sonli maktabgacha ta'lim tashkilotida bo’lib, muassasa tarbiyalanuvchilariga qulay shart-sharoitlar yaratish, sanitariya gigiyeniya qoidalariga hamda oziq-ovqat mahsulotlari sifatiga alohida e'tibor qaratish yuzasidan tegishli ko’rsatmalar berdi.


Tuman Tibbiyot birlashmasiga qarashli 88-sonli qishloq oilaviy poliklinikasida bo’lgan I.Novikov muassasada aholiga yaratilgan shart-sharoitlar hamda tibbiy xizmat ko’rsatish sifati bilan tanishdi. Tuman hokimi tomonidan muassasada aholiga tibbiy xizmat ko’rsatish sifatini yanada oshirish yuzasidan mas'ul tashkilot rahbarlariga tegishli topshiriqlar berildi.

Tuman hokimi Paxtakor mahalla fuqarolar yig’ini hududidagi bo’sh bino o’rnida muzlatgichli omborxona tashkil etayotgan yosh tadbirkor A.Axmedzodaning ish faoliyati bilan tanishdi. Tadbirkorga loyihani qisqa muddatlarda ishga tushirish hamda yangi ish o’rinlari tashkil etish yuzasidan takliflar berildi.

Tuman hokimi rahbarligida Qizilariq mahalla fuqarolar yig’inida “Temir daftari”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan hamda hududdagi ishsiz fuqarolarning bandligini ta'minlash maqsadida g’alladan bo’shagan maydonlardan takroriy ekin uchun yer maydonlari ajratib berildi.

2021 yil hosili uchun yetishtirilgan g’alla hosilini nes-nobud qilmay yig’ishtirib olish hamda belgilangan rejani bajarilishi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlarni o’rganish maqsadida tuman rahbari g’alla o’rilayotgan yer maydonlarida bo’ldi. Mas'ul rahbarlarga g’alla o’rimi olib borilayotgan maydonlarda yong’in havfsizligi va g’allani talon-taroj etilishini oldini olish hamda davlat omborlariga belgilangan tartibda yetkazish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.

Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram