Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
JAZONI IJRO ETISH MUASSASASIDAN QAYTGAN AYOLNING MUAMMOLARI O’RGANILDI
2021-06-29 20:07:31 158
Qo’shtepa tumani hokimining Xotin-qizlar masalalari bo’yicha maslahatchisi M.Mo’ydinova hamda tuman IIB Xotin-qizlar masalalari bo’yicha katta inspektori D.Vaxapovalar Shodlik mahalla fuqarolar yig’inida yashovchi D.Mirzolimovaning xonadonida bo’ldilar.
Joriy yilning 6 iyun kuni jazoni ijro etish muassasasidan qaytgan D.Mirzolimovaning holidan xabar olinib, uning oilaviy sharoiti hamda muammolari o’rganildi. Ushbu xonadonga tuman “Saxovat va ko’mak” jamg’armasi tomonidan ajratilgan kundalik ehtiyojlari uchun zarur bo’lgan oziq-ovqat mahsulotlari berildi.
Bo’lib o’tgan suhbat chog’ida D.Mirzolimova tuman hokimligining ko’magi bilan tibbiy ko’rikdan o’tganligini, davlatimiz tomonidan ajratilgan moddiy yordamni olib, o’zining mutaxassisligi bo’yicha ishga joylashganligini aytib, o’z minnatdorchiligini bildirib o’tdi.
Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.