Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
HUQUQIY MASLAHATXONA
2021-06-29 14:01:55 162
Savol: Xodim o’z hisobidan qancha muddatda ta'til olishi mumkin?
Savol muallifi “Borot” MFY, Yashnaobod ko’chasida yashovchi Nilufar Abdukarimova.
Javob: Mehnat kodeksi 150-moddasida quyidagicha qoida belgilangan, xodimning arizasiga ko’ra unga ish haqi saqlanmagan holda ta'til berilishi mumkin, uning davomiyligi xodim va ish beruvchi o’rtasidagi kelishuvga ko’ra belgilanadi, lekin u o’n ikki oylik davr mobaynida jami uch oydan ortiq bo’lmasligi kerak.
Ushbu savolga Qo’shtepa tumani Adliya bo’limi boshlig’i Anvarjon Xomidov javob beradi.