Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
TADBIRKOR QABULI - MUAMMOGA YECHIM TOPISH UCHUN SAMARALI USUL
2021-06-28 14:26:24 148
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni faol qo’llab-quvvatlash, oilaviy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish, mahalliy ishlab chiqaruvchilarni har tomonlama rag’batlantirish, eksport faoliyatini amalga oshiruvchi korxonalar hamda xorijiy investorlar uchun eng qulay shart-sharoitlarni yaratib berish maqsadida Qo’shtepa tumani hokimi I.Novikov tomonidan an'anaviy tarzda haftaning har dushanba kuni “Tadbirkorlar qabuli” o’tkazib kelinmoqda.
Bugun, Qo’shtepa tumanidagi O’zbekiston Respublikasi Bosh vazirining tadbirkorlar murojaatlarini ko’rib chiqish qabulxonasida navbatdagi tadbirkorlar qabuli o’tkazildi. Qabulda ishtirok etgan 4 nafar tadbirkorning murojaati tuman rahbari tomonidan birma-bir tinglanib, masalalarni hal etish yuzasidan soha mutasaddilariga aniq vazifalar yuklatildi. Murojaatlar ijrosi tuman hokimligi tomonidan nazoratga olindi.
Davlatimiz rahbarining “Tadbirkorlik faoliyatini qo’llab-quvvatlash va himoya qilish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi farmoni ijrosini ta'minlashga qaratilgan bu kabi tadbirlar tadbirkorlarni qiynab kelayotgan muammolarni o’rganish va ularga huquqiy va amaliy yordam berishga qaratilganligi bilan ham ahamiyatli bo’lmoqda.
Shuningdek, bo’lib o’tgan qabulda “Hunarmand” uyushmasi Qo’shtepa tumani bo’limi a'zosi misgar-kandakor Akramxon Yunusov ham ishtirok etib, tumanimizda tadbirkor va hunarmandlar uchun yaratilgan shart-sharoitlardan mamnun bo’lib, tuman hokimiga o’zining minnatdorchiligini bildirdi. Hunarmand o’zining misdan yasalgan ijod namunalaridan “Hunarmandlar muzeyiga” taqdim etdi.
Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.