Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 80 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

27 IYUN – MATBUOT VA OMMAVIY AXBOROT VOSITALARI XODIMLARI KUNI MUNOSABATI BILAN QO’SHTEPA TUMANI HOKIMI I.NOVIKOVNING BAYRAM TABRIGI

×

 2021-06-26 23:17:10    118

PDF yuklash
Chop etish



Hurmatli matbuotimiz fidoyilari!

Avvalam bor, Siz, azizlarni 27 iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman.

Ijod ahli, ayniqsa, jurnalistlar ro’y berayotgan voqelikka teran ko’z bilan boqib, uni o’z hayoti va turmushi bilan chambarchas tasavvur etib fikrlaydigan jonkuyar insonlar, qalbi qaynoq kishilardir.

Yaratuvchanlik va farovonlikni har qadamda ta'min etish uchun zarur bo’lgan davlat boshqaruvi hamda xalq o’rtasidagi o’zaro hamkorlikni aynan mana shu kasb egalaridagi jonkuyarlik va fidoyilik timsolida ko’ramiz desam, ayni haqiqatni aytgan bo’laman.

Ijod va tafakkurning ta'sirchan muhitida shakllanib, elu xalqimizning manfaati, kelajagini ko’zlab amalga oshirilayotgan islohotlar jarayonini yoritishda muhtaram Yurtboshimiz Shavkat Mirziyoyev ta'kidlaganlaridek, "Ommaviy axborot vositalari so’zda emas, amalda “to’rtinchi hokimiyat” darajasiga ko’tarilishi zarur. Bu–zamon talabi, islohotlarimiz talabi» degan fikrlariga monand faoliyat yuritmoqdasiz.

Har qanday kasb ezgulikka xizmat qilar ekan, shubhasiz, xalq nazarida ulug’vor, jamiyat hayotida qadrlidir. Shu ma'noda, zimmangizdagi ulkan va zahmatli mehnatni ulug’lab, shu kasbdan qadr va sharaf topib yurganingiz Sizga Yaratganning inoyatidir.

Siz azizlarni kasb bayramingiz bilan yana bir bor qutlar ekanman, kasbingizdan doimo baraka topib yuring, el nazaridan qolmang, deyman. Oilangizdan farovonlik, dasturxoningizdan to’kin-sochinlik arimasin!

Barchangizga Vatanimiz ravnaqini, farzandlar kamolini ko’rib yashash nasib etsin!


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram