Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 92 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

TIBBIYOT XODIMLARI O’RTASIDA FUTBOL MUSOBAQASI O’TKAZILDI

×

 2021-06-26 17:53:19    105

PDF yuklash
Chop etish



Qo’shtepa tumani Tibbiyot birlashmasi kasaba uyushma qo’mitasi tomonidan O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sog’lom turmush tarzini keng tadbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 2020 yil 30 oktyabrdagi PF 6099-sonli farmoni ijrosini ta'minlash maqsadida, tibbiyot xodimlari o’rtasida futbol musobaqasi o’tkazildi.

Tadbir sport maktabi murabbiylari hamda ichki ishlar bo’limi xodimlari ishtirokida ko’tarinki kayfiyatda o’tkazildi. Musobaqa yakuniga ko’ra, 1-o’rinni Stomatologiya bo’limi xodimlari qo’lga kiritdi. 2-o’rin Ko’p tarmoqli Markaziy poliklinika xodimlariga, 3-o’rin Tez tibbiy yordam bo’limi jamoasiga nasib etdi. G’olib jamoalar kasaba uyushma qo’mitasining esdalik sovg’alari bilan taqdirlandilar.

Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram