Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 34 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

DAVRA SUHBATI O’TKAZILDI

×

 2021-06-26 17:41:59    80

PDF yuklash
Chop etish



Qo’shtepa tuman hokimligi mahalla va oilani qo’llab-quvvatlash bo’limi tomonidan O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 12 apreldagi “Og’ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan xotin-qizlarga, nogironligi bo’lgan, kam ta'minlangan, farzandlarini to’liqsiz oilada tarbiyalayotgan va uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj onalarga arzon uy-joylar berish tartibi to’g’risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 285-sonli qarori asosida uy-joy olish istagida bo’lgan hotin-qizlar ishtirokida davra suhbati o’tkazildi.

Tadbir davomida tuman hokimining Xotin-qizlar masalalari bo’yicha masalahatchisi M.Mo’ydinova tomonidan ushbu qaror asosida tumanimizda amalga oshirilayotgan ishlar, og’ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan xotin-qizlarga, nogironligi bo’lgan, kam ta'minlangan, farzandlarini to’liqsiz oilada tarbiyalayotgan va uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj onalarga ko’rsatilayotgan yordamlar haqida batafsil ma'lumot berildi. Shuningdek, arzon uy-joylar berish, olish tartibi hamda davlatimiz tomonidan belgilangan imtiyozlar haqida ham tushuncha va huquqiy maslahat berildi.

Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram