Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
TUMAN HOKIMI HUDUDLARDA
2021-06-25 22:14:51 188
Qo’shtepa tumani hokimi, 1-sektor rahbari I.Novikov aholi bilan to’g’ridan-to’g’ri muloqot o’tkazish, ularni qiynab kelayotgan muammolarni aniqlash hamda ijobiy hal etish maqsadida, bugun Karnaychi mahalla fuqarolar yig’inida navbatdagi sayyor qabulini o’tkazdi. Qabul davomida 6 nafar fuqarolar 7 ta masala bilan murojaat qildilar. Fuqarolar tomonidan ko’tarilgan muammo va takliflarning 1 tasi joyida hal etildi hamda 6 ta murojaatlarni o’rganib chiqib, ijobiy hal etish hamda natijalari yuzasidan tegishli tartibda javob xatlari yuborilishi yuzasidan mas'ul korxona va tashkilot rahbarlariga topshiriqlar berildi.
Tuman hokimi rahbarligida G’ishtmon mahalla fuqarolar yig’inida “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan hamda hududdagi ishsiz fuqarolarning bandligini ta'minlash maqsadida g’alladan bo’shagan maydonlardan takroriy ekin uchun yer maydonlari ajratib berildi.
I.Novikov Xalq ta'limi bo’limiga qarashli 21-umumta'lim maktabida bo’lib, muassasada O’zbekiston Respublikasi Prezidentligi sayloviga hamda yangi o’quv yiliga munosib tayyorgarlik ko’rish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlarni o’rgandi. Muassasada mavjud muammo va kamchiliklarni qisqa muddatlarda bartaraf etish yuzasidan mas'ul rahbarlarga tegishli topshiriqlar berildi.
Sektor rahbari Maktabgacha ta'lim bo’limiga qarashli 5-sonli maktabgacha ta'lim tashkilotida bo’lib, muassasada bolajonlarga qulay shart-sharoitlar yaratish, sanitariya gigiyeniya qoidalariga hamda oziq-ovqat mahsulotlari sifatiga alohida e'tibor qaratish yuzasidan o’zining tegishli ko’rsatmalarini berdi.
Shomirza mahalla fuqarolar yig’ini hududida tashkil etilayogan “Kichik sanoat zonasi”da amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishgan tuman hokimi tomonidan bu yerda yangi tashkil etilayotgan sanoat korxonalari loyihalarini qisqa muddatlarda ishga tushirish yuzasidan mutasaddi rahbarlarga tegishli topshiriqlar berildi.
2021 yil hosili uchun yetishtirilgan g’alla hosilini nes-nobud qilmay yig’ishtirib olish hamda belgilangan rejani bajarilishi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlarni o’rganish maqsadida tuman rahbari g’alla o’rilayotgan yer maydonlarida bo’ldi. Mas'ul rahbarlarga g’alla o’rimi olib borilayotgan maydonlarda yong’in havfsizligi va g’allani talon-taroj etilishini oldini olish hamda davlat omborlariga belgilangan tartibda yetkazish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.
Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.