Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 35 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

SUD HUJJATLARINI MAJBURIY IJROGA QARATISH

×

 2021-06-25 17:44:31    195

PDF yuklash
Chop etish



Mamlakatimiz tomonidan sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro qilinishi masalasiga hozirgi kunda juda katta e'tibor qaratilib kelinmoqda, buning yorqin misolini O’zbekiston Repsublikasi Prezidentining 2020 yil 24 noyabrdagi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PF-6118-sonli Farmonida ko’rishimiz mumkin bo’lib, unda fuqarolarning odil sudlovga bo’lgan ishonchini yanada mustahkamlash, sud hokimiyatining nufuzi va ta'sirchanligini kuchaytirish maqsadida sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlari ijrosining samaradorligini yanada oshirish kerakligi haqida so’z yuritilgan.

Sud hujjatlarini majburiy ijroga qaratish to’g’risida gapirganimizda, ularni ijro etish vakolatiga ega organ va hujjatlar kimlar tomonidan ijro qilinishi haqida gapirib o’tsak maqsadga muvofiq bo’ladi. O’zbekiston Respublikasining 2001 yil 29 avgustdagi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to’g’risida”gi 258-II-sonli Qonunining 3-moddasi 1-qismiga ko’ra, sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini majburiy ijro etish O’zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi organlarining davlat ijrochilari zimmasiga yuklatiladi.

Pul mablag’larini undirish to’g’risidagi sud hujjatlarining va boshqa organlar hujjatlarining talablarini ijro etish qonunda nazarda tutilgan hollarda soliq organlari, banklar hamda boshqa kredit tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladi, sud hujjatlarining va boshqa organlar hujjatlarining talablari qonunda nazarda tutilgan hollarda o’zga jismoniy yoki yuridik shaxslar tomonidan ham ijro etilishi mumkin, 3-moddaning ikkinchi va uchinchi qismlarida ko’rsatilgan organlar hamda shaxslar majburiy ijro etish organlari hisoblanmaydi.

Ijro to’g’risidagi qonunning 5-moddasida ijro etilishi lozim bo’lgan sud hujjatlari va boshqa organlarning hujjatlari keltirilgan bo’lib, ular ichida fuqarolik ishlari va iqtisodiy nizolar bo’yicha sudlarning hal qiluv qarorlari, ajrimlari va qarorlari, jinoyat ishlari bo’yicha sudlarning hukmlari, ajrimlari va qarorlarining mulkiy undirishga oid qismi, shuningdek, jarima tariqasidagi jazoni nazarda tutuvchi hukmlari, ajrimlari va qarorlari va ma'muriy huquqbuzarliklar to’g’risidagi ishlar bo’yicha sud qarorlarining mulkiy undirishga oid qismi ham mavjud, bu sudlarga tegishli bo’lgan sudlar tomonidan chiqariladigan ijro hujjatlari hisoblanadi.

Ijro hujjatlarini ijroga topshirish muddatlari ham qonunchilikda belgilab qo’yilgan bo’lib, ular quyidagicha ko’rinishda bo’ladi:

umumiy yurisdiktsiya sudlarining sud hujjatlari asosida beriladigan ijro varaqalari uch yil mobaynida, iqtisodiy sudlarning sud hujjatlari esa — olti oy mobaynida;

hakamlik sudining qarorlarini majburiy ijro etish to’g’risidagi sud hujjatlari asosida beriladigan ijro varaqalari — olti oy mobaynida;

notariuslarning ijro xatlari — uch yil mobaynida;

mehnat nizolari komissiyalarining guvohnomalari — uch oy mobaynida;

ishlarni ma'muriy tartibda ko’rish vakolatiga ega organlarning (mansabdor shaxslarning) qarorlari — uch oy mobaynida.

Majburiy ijro bo’limlari davlat ijrochilari ijro hujjatini olgan paytdan e'tiboran bir ish kuni ichida ijro ishi yuritishni qo’zg’atish to’g’risida qaror chiqaradi.

Davlat ijrochisi ijro ishi yuritishni qo’zg’atish to’g’risidagi qarorda ijro hujjatidagi talablarni ixtiyoriy ravishda bajarish uchun ijro ishi yuritish qo’zg’atilgan kundan e'tiboran ko’pi bilan o’n besh kun muddat belgilaydi va qarzdorni mazkur muddat tugaganidan keyin ijro hujjatidagi talablar undan ijro yig’imi, davlat ijrochisi tomonidan qarzdorga solingan jarimalar, shuningdek ijro xarajatlari undirilgan holda majburiy ijro etilishi to’g’risida xabardor qiladi.

Ijro harakatlari va ijro hujjatining talablari ijro hujjatining ixtiyoriy ijro etilishi uchun belgilangan o’n besh kunlik muddat tugagan kundan e'tiboran ko’pi bilan ikki oy muddat ichida davlat ijrochisi tomonidan amalga oshirilishi va ijro etilishi kerak, bu muddat sud hujjatlarini majburiy ijroga qaratish muddati hisoblanadi.

Ijro qonunchiligida ijro hujjatlarida keltirilgan darhol ijro etilishi kerak bo’lgan talablar mavjud bo’lib, ular quyidagilar hisoblandi:

alimentlar hamda uch oydan oshmagan ish haqini undirish to’g’risidagi talablar;

qonunga xilof ravishda mehnat shartnomasi bekor qilingan yoki qonunga xilof ravishda boshqa ishga o’tkazilgan xodimni ishga tiklash to’g’risidagi, mehnat shartnomasini bekor qilish asosining ta'rifini o’zgartirish to’g’risidagi talablar;

ijro hujjatida bayon etilgan talablar darhol ijro etilishi hujjatda ko’rsatilgan yoki darhol ijro etilishi qonunda nazarda tutilgan hollardagi boshqa ishlarga doir talablar.

Shuningdek, ikki oylik majburiy ijroga qaratish muddatiga kirmaydigan vaqtlar ham mavjud bo’lib, u ijro to’g’risidagi qonunning

3-qismida berilgan: ijro hujjati ijrosini kechiktirish yoki bo’lib-bo’lib ijro qilish vaqti, ijro harakatlarini keyinga qoldirish vaqti, ijro ishi yuritishni to’xtatib turish vaqti, mutaxassis tayinlash haqidagi qaror mutaxassisga yuborilgan kundan to uning xulosasi yoki ish natijalari to’g’risidagi boshqa hujjat davlat ijrochisiga kelib tushgunigacha bo’lgan vaqt, mol-mulk realizatsiya qilishga topshirilgan kundan to bu mol-mulkni realizatsiya qilishdan tushgan pul mablag’lari Majburiy ijro byurosi organining depozit hisobvarag’iga kelib tushgunigacha bo’lgan vaqt majburiy ijroga qaratish muddatiga kirmaydi.

Ijro harakatlarini amalga oshirish muddatining o’tishi ijro ishi yuritishni tugatish yoki tamomlash uchun asos bo’lmaydi.

A.Akbarov,

Marg’ilon tumanlararo iqtisodiy sudi raisi,

F.Obidov,                                                                    

Marg’ilon tumanlararo iqtisodiy sudi devonxona mudiri.       


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram