Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 133 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Velosayohat

×

 2021-06-25 17:30:21    122

PDF yuklash
Chop etish





O’zbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligi munosabati bilan Qo’shtepa tumanida turistik sayohatni yanada ommalashtirish maqsadida, mahalla fuqarolar yig’inlarining uyushmagan ayollari o’rtasida velosayohat musobaqasi o’tkazildi. 




Tuman hokimligi, mahalla va oilani qo’llab-quvvatlash bo’limi hamda tuman BO’SM hamkorligida bo’lib o’tgan tadbirda tuman hokimi I.Novikov ham ishtirok etdi.  




Tadbirda I.Novikov so’z olib, ushbu sport musobaqasi xotin-qizlar o’rtasida do’stona aloqalarni tiklash va sog’lom turmush tarzini keng yoyish, shuningdek, targ’ibot-tashviqot ishlarida shaxsiy ishtiroki bilan faol qatnashishlarini ta'minlash, ular o’rtasida sog’lom va faol turmush tarzini yuritish va sport musobaqalari orqali targ’ib qilish, turistik sayohatni yanada ommalashtirish maqsadida MFYlarning uyushmagan ayollari o’rtasida o’tkaziladigan velosayohat musobaqasi orqali, tuman ayollari jamoasidan tarkib topgan velosport jamoasini tashkil etish maqsadida bo’lib o’tayotganligini ta'kidladi.




I.Novikov musobaqada ishtirok etayotgan 30 nafar xotin-qizlarga omad tilab, tuman hokimligining esdalik sovg’alarini topshirdi.




Musobaqa O’zbekiston velosport federatsiyasi qoidalariga asosan tashkil etilib, ishtirokchilarga Qo’shtepa tumani BO’SMdan start berildi. Ular Qorajiyda mahallasining Murabbiylar, Olmazor ko’chasidan Istiqlol MFYning Dexqonobod ko’chasigacha bo’lib o’tgan masofani vilosipedda bosib o’tdilar. Shundan so’ng velosayohat Qorajiyda mahallasining Murabbiylar ko’chasida yakunlanadi.

Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram