Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 130 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

TUMAN HOKIMI HUDUDLARDA

×

 2021-06-24 22:59:23    122

PDF yuklash
Chop etish



Qo’shtepa tumani hokimi, 1-sektor rahbari I.Novikov bugun Xalq ta'limi bo’limiga qarashli 24-umumta'lim maktabida bo’lib, muassasada O’zbekiston Respublikasi Prezidentligi sayloviga hamda yangi o’quv yiliga munosib tayyorgarlik ko’rish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlarni o’rgandi. Muassasada mavjud muammo va kamchiliklarni qisqa muddatlarda bartaraf etish yuzasidan mas'ul rahbarlarga tegishli topshiriqlar berildi.


Sektor rahbari ishtirokida “Soy bo’yi” mahalla fuqarolar yig’inida “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan hamda hududdagi ishsiz fuqarolarning bandligini ta'minlash maqsadida g’alladan bo’shagan maydonlardan takroriy ekin uchun yer maydonlari ajratib berildi.


Tumanda 2021 yil hosili uchun yetishtirilgan g’alla hosilini nes-nobud qilmay yig’ishtirib olish hamda belgilangan rejani bajarilishi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlarni o’rganish maqsadida tuman rahbari g’alla o’rilayotgan yer maydonlarida bo’ldi. Tuman hokimi tomonidan mas'ul rahbarlarga g’alla o’rimi olib borilayotgan maydonlarda yong’in xavfsizligi va g’allani talon-taroj etilishini oldini olish hamda davlat omborlariga belgilangan tartibda yetkazish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.

Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram