Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 28 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

“YOSHLARNI OILAVIY HAYOTGA TAYYORLASH MARKAZI” ISH BOSHLADI

×

 2021-06-24 22:06:52    165

PDF yuklash
Chop etish



O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 31 dekabrdagi “Oila institutini yanada rivojlantirish va yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash chora-tadbirlari to’g’risida”gi 820-sonli qaroriga asosan Qo’shtepa tumani Mahalla va oilani qo’llab-quvvatlash bo’limi qoshida tashkil etilgan “Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash markazi”ning ochilish marosimi bo’lib o’tdi.

Ushbu tadbir Qo’shtepa tumani hokimligi Mahalla va oilani qo’llab-quvvatlash bo’limi, tuman Adliya bo’limi, FXDYo bo’limi, tuman IIB, Yoshlar agentligi, Tibbiyot birlashmasi hamda tuman bosh imomi hamkorligida o’tkazildi.


Tadbirda Xotin-qizlar jamoatchilik kengashi a'zolari, mahalla fuqarolar yig’inlari raislarining oila, xotin-qizlar va ijtimoiy-ma'naviy masalalar bo’yicha o’rinbosarlari, ro’yxatdagi otinoyilar va nikohlanuvchi yoshlar ishtirok etdilar.

“Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash markazi”ni tashkil etishdan ko’zlangan asosiy maqsad – bu yerda o’qitilayotgan yoshlarga namunali oilalarning hayotiy tajribasini ommalashtirish, yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash, oiladagi nizoli holatlarni hal qilishning huquqiy va psixologik asoslarini o’rgatish, umuminsoniy va milliy, oilaviy qadriyatlarni, ilg’or xorijiy tajribalarni tahlil qilish asosida oilalarda ma'naviy-ahloqiy qadriyatlarni mustahkamlash, eng asosiysi olaviy ajrimlarning oldini olishdan iborat.

Tadbir davomida tuman Adliya bo’limi boshlig’i A.Xomidov Vazirlar Mahkamasining 2020 yil  31 dekabrdagi “Oila institutini yanada rivojlantirish va yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash chora-tadbirlari to’g’risida”gi 820-sonli qarorining mazmun-mohiyati hamda ahamiyati,  tuman bosh imomi A.Axmadaliyev “Islomda Oila va nikoh masalalari”, tuman Tibbiyot birlashmasi rahbarining o’rinbosari R.Yusupova “Nikohlanuvchi shaxslarni tibbiy ko’rikdan o’tkazishning ahamiyati” to’g’risidagi ma'ruzalari bilan ishtirok etdilar.

Tadbir ishtirokchilarining takliflariga hamda savol-javoblariga mutaxassislar tomonidan javob berildi.

Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram