Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
IJTIMOIY TARMOQLARDA TARQATILGAN XABARGA MUNOSABAT
2021-06-23 14:25:52 140
Bugun, 23 iyun kuni ijtimoiy tarmoqlar orqali tanqidiy murojaat e'lon qilindi.
Ushbu murojaatda: – “Farg’ona viloyati Qo’shtepa tumani Xumdon MFY Baxt ko’chasi 9-uy 3-xonadondan yozmoqdamiz. Bu xonadonda istiqomat qilmaymiz. Elektr energiyaga ulanganimda 100 ming so’m pul to’latishdi. Yaqinda bir xodim qo’ng’iroq qilib yangi hisoblagich o’rnatdim dedi. Endi esa hech kim yashamaydigan uyga qarz yozib ketishibdi. Asossizni qarzni bartaraf qilishlarini so’rayman” – deya shikoyat qilingan.
Ismi-sharifi ko’rsatilmay Qo’shtepa tumani Xumdon MFY Baxt ko’chasi 9-uy 3-xonadondan yo’llangan ushbu murojaat yuzasidan tuman hokimligi va shu sohaga daxldor mutaxassislar tomonidan o’rganish ishlari olib borilayotganligini va o’rganishlar nihoyasiga yetgach yana batafsil ma'lumot berilishini ma'lum qilamiz.
Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.