Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 10 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

TUMAN HOKIMI HUDUDLARDA

×

 2021-06-22 22:50:32    95

PDF yuklash
Chop etish



Qo’shtepa tumani hokimi, 1-sektor rahbari I.Novikov bugun Andijon viloyati Buloqboshi tumanida uzumchilikni rivojlantirish yuzasidan amalga oshirilgan ishlar yuzasidan o’tkazilgan seminarda ishtirok etdi.


Tuman rahbari G’ishtmon mahalla fuqarolar yig’ini hududida faoliyat ko’rsatib kelayotgan yakka tartibdagi tadbirkor O.Sotvoldiyev faoliyati bilan tanishdi. Tadbirkorga faoliyatini kengaytirish, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar sifatini oshirish hamda yangi ish o’rinlari tashkil etish yuzasidan o’zining takliflarini berdi.


I.Novikov tuman Xalq ta'limi bo’limiga qarashli 20-umumta'lim maktabida bo’lib, muassasada O’zbekiston Respublikasi Prezidentligi sayloviga hamda yangi o’quv yiliga munosib tayyorgarlik ko’rish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlarni o’rgandi. Muassasada mavjud muammo va kamchiliklarni qisqa muddatlarda bartaraf etish yuzasidan mas'ul rahbarlarga tegishli topshiriqlar berildi.


Sektor rahbari tumanda “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlar bilan manzilli ishlash hamda ularning bandligini ta'minlash, tadbirkorlikka yo’naltirish va kasb-hunar o’rgatish orqali daftardan chiqarish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi. Ushbu sohada olib borilayotgan ishlar samaradorligini oshirish yuzasidan mas'ul rahbarlarga tegishli ko’rsatmalar berildi.


Tumanda 2021 yil hosili uchun yetishtirilgan g’alla hosilini nes-nobud qilmay yig’ishtirib olish hamda belgilangan rejani bajarilishi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlarni o’rganish maqsadida tuman rahbari g’alla o’rilayotgan yer maydonlarida bo’ldi. Mas'ul rahbarlarga g’alla o’rimi olib borilayotgan maydonlarda yong’in xavfsizligi va g’allani talon-taroj etilishining oldini olish hamda davlat omborlariga belgilangan tartibda yetkazish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.


Shuningdek, 2021 yil hosili uchun ekilgan paxta maydonlarida olib borilayotgan agrotexnik tadbirlarni bajarilishida faoliyat ko’rsatib kelayotgan mexanizatorlarga yaratilgan shart-sharoitlar ham o’rganildi. Tuman hokimi tomonidan mas'ul rahbarlarga paxta maydonlarida mehnat qilayotgan ishchi va mexanizatorlarga issiq ovqat hamda madaniy dam olishlari uchun qulay sharoitlar yaratish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.

Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram