Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 34 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

TUMAN HOKIMI HUDUDLARDA

×

 2021-06-21 22:33:52    173

PDF yuklash
Chop etish



Tumanda kichik biznes, xususiy va oilaviy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish, mahalliy ishlab chiqaruvchilarni har tomonlama rag’batlantirish, eksport faoliyatini amalga oshiruvchi korxonalarni qo’llab-quvvatlash hamda ularga qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida “Tadbirkorlar uyi”da Qo’shtepa tumani hokimi, 1-sektor rahbari I.Novikovning navbatdagi qabuli o’tkazildi. Qabulda 8 nafar tadbirkorlar turli masalalar bilan ishtirok etishdi. Qabul davomida ko’tarilgan taklif va muammolarni ijobiy hal etish yuzasidan muddatlar belgilanib, tegishli korxona va tashkilot rahbarlariga ko’rsatmalar berildi.


Tijorat banklari tomonidan aholiga ajratilgan kreditlarni qaytarishda bo’layotgan muammolar sababli muddati o’tgan qarzdorliklarni bartaraf etish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlarni tizimli tashkil etish maqsadida tuman rahbari tomonidan Qiyqi mahalla fuqarolar yig’ini hududida kredit to’lovlaridan qarzdorligi bo’lgan fuqarolar bilan suhbat o’tkazildi. Tuman hokimi tomonidan mutasaddi rahbarlar hamda fuqarolarga kelib chiqqan qarzdorliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli ko’rsatmalar berildi.


Tuman rahbari Qiyqi mahalla fuqarolar yig’ini hududida faoliyat ko’rsatib kelayotgan “Azamxon al'o sifat” oilaviy korxonasi faoliyati bilan tanishib, tadbirkorga faoliyatini kengaytirish, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar sifatini oshirish hamda yangi ish o’rinlari tashkil etish yuzasidan o’z takliflarini berdi.


Shuningdek, I.Novikov Xalq ta'limi bo’limiga qarashli 33-umumta'lim maktabida bo’lib, muassasada O’zbekiston Respublikasi Prezidentligi sayloviga hamda yangi o’quv yiliga munosib tayyorgarlik ko’rish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlarni o’rgandi. Tuman hokimi tomonidan muassasada mavjud muammo va kamchiliklarni qisqa muddatlarda bartaraf etish yuzasidan mas'ul rahbarlarga tegishli topshiriqlar berildi.

Tuman hokimi rahbarligida “Namuna” mahalla fuqarolar yig’ini hududida “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan hamda hududdagi ishsiz fuqarolarning bandligini ta'minlash maqsadida g’alladan bo’shagan maydonlardan takroriy ekin uchun yer maydonlari ajratib berildi.


Tumanda 2021 yil hosili uchun yetishtirilgan g’alla hosilini nes-nobud qilmay yig’ishtirib olish hamda belgilangan rejani bajarilishi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlarni o’rganish maqsadida tuman rahbari g’alla o’rilayotgan yer maydonlarida bo’ldi. Mas'ul rahbarlarga g’alla o’rimi olib borilayotgan maydonlarda yong’in xavsizligi va g’allani talon-taroj etilishini oldini olish hamda davlat omborlariga belgilangan tartibda yetkazish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.

Tumanda faoliyat ko’rsatib kelayotgan fermer xo’jaliklari tomonidan paxta maydonlarida olib borilayotgan agrotexnik tadbirlarni bajarilishi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar o’rganildi. Tuman hokimi tomonidan mas'ul korxona va tashkilot rahbarlariga 2021 yil hosili uchun ekilgan paxta maydonlarida agrotexnik tadbirlarni uyushqoqlik bilan o’tkazish yuzasidan tegishli ko’rsatmalar berildi.

Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram