Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
TUMAN HOKIMI HUDUDLARDA
2021-06-19 22:15:34 219
Qo’shtepa tumani hokimi, 1-sektor rahbari I.Novikov tumanda mahallabay ishlash tizimi asosida aholi muammolarini aniqlash hamda tizimli hal etish maqsadida 1-sektor shtabi boshqaruv ofisi a'zolari ishtirokida yig’ilish o’tkazdi. Tuman hokimi tomonidan ishchi guruh a'zolari tomonidan aniqlangan muammolarni manzilli hal etish hamda aholini tadbirkorlikka yo’naltirish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi hamda kelgusidagi vazifalar yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.
Tijorat banklari tomonidan aholiga ajratilgan kreditlarni qaytarishda bo’layotgan muammolar sababli muddati o’tgan qarzdorliklarni bartaraf etish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlarni tizimli tashkil etish maqsadida tuman rahbari tomonidan Qayrag’och mahalla fuqarolar yig’ini hududida kredit to’lovlaridan qarzdorligi bo’lgan fuqarolar bilan suhbat o’tkazildi. Tuman hokimi mutasaddi rahbarlar hamda fuqarolarga kelib chiqqan qarzdorliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli ko’rsatmalar berdi.
Shuningdek, tuman rahbari Xalq ta'limi bo’limiga qarashli 12-umumta'lim maktabida bo’lib, muassasada O’zbekiston Respublikasi Prezidentligi sayloviga hamda yangi o’quv yiliga munosib tayyorgarlik ko’rish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlarni o’rgandi. Muassasada mavjud muammo va kamchiliklarni qisqa muddatlarda bartaraf etish yuzasidan mas'ul rahbarlarga tegishli topshiriqlar berildi.
Tuman hokimi Xumdon mahalla fuqarolar yig’ini hududida qurilayotgan ko’p qavatli uy-joylar qurilishi hamda oqava suv tarmog’ini ta'mirlash bo’yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan ham tanishdi. Qurilish ta'mirlash ishlarini belgilangan muddatlarda sifatli yakunlash yuzasidan mas'ul rahbarlarga tegishli ko’rsatmalar berildi.
Tumanda 2021 yil hosili uchun yetishtirilgan g’alla hosilini nes-nobud qilmay yig’ishtirib olish hamda belgilangan rejani bajarilishi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlarni o’rganish maqsadida tuman rahbari g’alla o’rilayotgan yer maydonlarida bo’ldi. Mas'ul rahbarlarga g’alla o’rimi olib borilayotgan maydonlarda yong’in xavfsizligi va g’allani talon-taroj etilishini oldini olish hamda davlat omborlariga belgilangan tartibda yetkazish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.
Tumanda faoliyat ko’rsatib kelayotgan fermer xo’jaliklari tomonidan paxta maydonlarida olib borilayotgan agrotexnik tadbirlarning bajarilishi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar o’rganildi. Tuman hokimi tomonidan mas'ul korxona va tashkilot rahbarlariga 2021 yil hosili uchun ekilgan paxta maydonlarida agrotexnik tadbirlarni uyushqoqlik bilan o’tkazish yuzasidan tegishli ko’rsatmalar berildi. Shuningdek, paxta maydonlarida agrotexnik tadbirlarni o’tkazishda ishtirok etayotgan mexanizatorlarga yaratilgan shart-sharoitlar o’rganilib, mas'ul rahbarlarga tegishli topshiriqlar berildi.
Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.