Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
KAM TA'MINLANGAN OILAGA UY QURIB BERILDI
2021-06-19 21:45:49 239
Qo’shtepa tumanining «Oqtepa» mahalla fuqarolar yig’ini hududida yashovchi Gulchehra Fozilova va uning yaqinlari uchun bugungi kun yodda qolarli bo’ldi. Sababi, uning uy-joyi qaytadan qurib berildi.
Tepatagi ko’chasi, 84 uyda yashovchi Gulchehra Fozilova boquvchisini yo’qotgan, ikki nafar voyaga yetmagan farzandi bilan yashaydi. Ushbu oila kam ta'minlanganligi uchun mahallaning «Temir daftar»iga kiritilgan.
Gulchehraxon eski, yaroqsiz ahvolga kelib qolgan bir xonali uyda farzandlari bilan yashar edi. Tuman hokimligi hamda saxovatli insonlar ko’magi bilan Fozilovalar oilasiga tegishli eski hovli-joy buzilib, yangi uy qurishga kirishildi.
Juda qisqa muddat ichida eskisi o’rnida tamoman yangi, zamonaviy uy, o’choq va tandirxona barpo etildi.
Bugun tuman hokimi I.Novikov, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi mas'ul xodimi B.Shamsiddinov va sektor rahbarlari, shuningdek, mahalla faollari ishtirokida yangi qurib bitkazilgan xonadon o’z egalariga topshirildi.
Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.