Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
IKKI AVLOD UCHRASHUVI: O’ZBEK AYOLI-MILLAT TIMSOLI!
2021-06-18 15:17:59 216
Qo’shtepa tumani hokimligi, Mahalla va oilani qo’llab-quvvatlash bo’limi, huquq-tartibot idoralari hamda Ma'naviyat va ma'rifat markazi hamkorligida xotin-qizlar o’rtasida ijtimoiy-ma'naviy muhitni sog’lomlashtirish, ularning huquqiy savodxonligini oshirish, iqtidorli, iste'dodli yoshlarni qo’llab-quvvatlash, hayotda o’z o’rnilarini topishlariga ko’mak berish orqali tumandagi rahbar va lider ayollar safini kengaytirish, uyda o’tirgan ishsiz ayollar bandligini ta'minlash, tadbirkorlik ko’nikmalarini shakllantirish, tikuvchilik yo’nalishidagi hunarmand ayollarni qo’llab-quvvatlash orqali milliy liboslar va qadriyatlarimizni targ’ib qilish maqsadida “O’zbek ayoli-millat timsoli” shiori ostida “Ikki avlod uchrashuvi” deb nomlangan ma'naviy ma'rifiy tadbir bo’lib o’tdi.
Qumtepa MFY hududida bo’lib o’tgan tadbirda ishtirokchilar bilan birga, tuman hokimi I.Novikov hamda viloyat hokimining xotin-qizlar masalalari bo’yicha maslahatchisi, viloyat mahalla va oilani qo’llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig’ining birinchi o’rinbosari T.Tojiyevalar ham qatnashdilar.
Tumanimizda tadbirkorlik faoliyatini yo’lga qo’ygan xotin-qizlarimiz o’z mahsulotlari ko’rgazmalari bilan ishtirok etishdi. Tuman hokimi I.Novikov tadbirkor ayollarimizning faoliyatlari bilan yaqindan tanishib, ularning kelajakdagi istiqbolli rejalari bilan o’rtoqlashdi.
– So’nggi yillarda tumanimizda tadbirkorlik, xususiy va oilaviy biznes sohasida ayollarning ishtiroki kuchayib borayotganini mamnuniyat bilan tilga olsak bo’ladi, – deydi tuman hokimi I.Novikov. – Yaqinda mening qabulimga ikki nafar ayol oilaviy tadbirkorlik faoliyatini yo’lga qo’yishda yordam so’rab kirgan edi. Ularning muammolarini ijobiy hal etib, bugun tikuv mashanasi bermoqchimiz.
Tuman rahbari I.Novikov Kichik beshkapa MFYda yashovchi G.Saydaliyeva va Loyson MFYda istiqomat qiluvchi K.Xakimzodalarga o’z ishlarini yo’lga qo’yishlari va uy sharoitida daromad topishlari uchun ularga tikuv mashinasi topshirdi.
Tadbirda so’z olgan viloyat hokimining xotin-qizlar masalalari bo’yicha maslahatchisi, viloyat mahalla va oilani qo’llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig’ining birinchi o’rinbosari T.Tojiyeva, “Oydin” gazetasi muharriri X.Karimova, tuman hokimining xotin-qizlar masalalari bo’yicha maslahatchisi M.Mo’ydinova va boshqalar bugungi kunda mamlakatimizda xotin-qizlarga katta e'tibor qaratilayotganligi, jamiyatimizning turli sohalarida ularning faol ishtirok etishlari uchun barcha sharoitlar yaratilganligi haqida so’z yuritdilar.
Tadbirda so’z olgan viloyat hokimining xotin-qizlar masalalari bo’yicha maslahatchisi, viloyat mahalla va oilani qo’llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig’ining birinchi o’rinbosari T.Tojiyeva, “Oydin” gazetasi muharriri X.Karimova, tuman hokimining xotin-qizlar masalalari bo’yicha maslahatchisi M.Mo’ydinova va boshqalar bugungi kunda mamlakatimizda xotin-qizlarga katta e'tibor qaratilayotganligi, jamiyatimizning turli sohalarida ularning faol ishtirok etishlari uchun barcha sharoitlar yaratilganligi haqida so’z yuritdilar.
Iqtidorli shoira M.Qo’qonova va tuman maktabgacha ta'lim tizimidagi iqtidorli tarbiyalanuvchilarning badiiy chiqishlari esa kechaga ko’rk baxsh etib, barchaga birdek manzur bo’ldi.
Qo’shtepa tumanidagi xalq xo’jaligining turli sohalarida fidokorona mehnat qilayotgan soha mutaxassislari va turmush mashaqqatlarini mardonavor yengib, hayotda o’z o’rnini topib bugun nafaqat oilasiga balki, jamiyatga foydasi tegib yashayotgan hunarmand ayollarimiz o’zlarining dil izhorlarini bildirdilar.
Tadbir so’ngida barcha ishtirokchilarga mavzuga oid bukletlar va tuman hokimligining esdalik sovg’alari topshirildi.
Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.