Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 11 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

TUMAN HOKIMI HUDUDLARDA

×

 2021-06-16 21:44:17    113

PDF yuklash
Chop etish



Qo’shtepa tumani hokimi, 1-sektor rahbari I.Novikov bugun Tibbiyot birlashmasiga qarashli Langar shifoxonasida xushyorxona bo’limi tashkil etish uchun olib borilayotgan qurilish ishlari bilan tanishdi. Mas'ul rahbarlarga qurilish ishlarini qisqa muddatlarda yakunlash hamda foydalanishga topshirish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.


Sektor rahbari “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlar bilan manzilli ishlash hamda ularning bandligini ta'minlash, tadbirkorlikka yo’naltirish va kasb-hunar o’rgatish orqali daftardan chiqarish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi. Ushbu sohada olib borilayotgan ishlar samaradorligini oshirish yuzasidan mas'ul rahbarlarga tegishli ko’rsatmalar berildi.


Tuman rahbari Xalq ta'limi bo’limiga qarashli 7-umumta'lim maktabida bo’lib, “Investitsiya dasturi” asosida muassasada olib borilayotgan qurilish ta'mirlash ishlari bilan tanishdi. Mutasaddi rahbarlarga qurilish ta'mirlash ishlarini belgilangan tartibda amalga oshirish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.

Tijorat banklari tomonidan aholiga ajratilgan kreditlarni qaytarishda bo’layotgan muammolar sababli muddati o’tgan qarzdorliklarni bartaraf etish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlarni tizimli tashkil etish maqsadida tuman rahbari tomonidan Nurafshon mahalla fuqarolar yig’ini hududida kredit to’lovlaridan qarzdorligi bo’lgan fuqarolar bilan suhbat o’tkazildi. Mutasaddi rahbarlar hamda fuqarolarga kelib chiqqan qarzdorliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli ko’rsatmalar berildi.


I.Novikov Nurafshon mahalla fuqarolar yig’ini hududida faoliyat ko’rsatib kelayotgan tadbirkor Yu.Umarovning faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Tadbirkorga tuman hokimi tomonidan ishlab chiqarilayotgan beton g’isht mahsulotlari sifati hamda ishlab chiqarish xajmini oshirish, yangi ish o’rinlari tashkil etish yuzasidan takliflar berildi.

Xalq ta'limi bo’limiga qarashli 8-umumta'lim maktabida bo’lgan tuman rahbari muassasada O’zbekiston Respublikasi Prezidentligi sayloviga munosib tayyorgarlik ko’rish yuzasidan sektor hududidagi saylov uchastkalarida amalga oshirilayotgan ishlarni o’rgandi. Saylov uchastkalarida olib borilgan xatlov natijalarida aniqlangan muammo va kamchiliklarni qisqa muddatlarda bartaraf etish yuzasidan mas'ul rahbarlarga tegishli topshiriqlar berildi.

Tumanda 2021 yil hosili uchun yetishtirilgan g’allani nes-nobud qilmay yig’ishtirib olish hamda belgilangan rejani bajarilishi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlarni o’rganish maqsadida tuman rahbari g’alla o’rilayotgan yer maydonlarida bo’ldi. Mas'ul rahbarlarga g’alla o’rimi olib borilayotgan maydonlarda yong’in xavfsizligi va g’allani talon-taroj etilishini oldini olish hamda davlat omborlariga belgilangan tartibda yetkazish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.


Tumanda faoliyat ko’rsatib kelayotgan fermer xo’jaliklari tomonidan paxta maydonlarida olib borilayotgan agrotexnik tadbirlarni bajarilishi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar ham o’rganildi. Mas'ul korxona va tashkilot rahbarlariga 2021 yil hosili uchun ekilgan paxta maydonlarida agrotexnik tadbirlarni uyushqoqlik bilan o’tkazish yuzasidan tegishli ko’rsatmalar berildi.

Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram