Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 24 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

TUMAN HOKIMI HUDUDLARDA

×

 2021-06-15 21:58:00    91

PDF yuklash
Chop etish



Qo’shtepa tumani hokimi, 1-sektor rahbari I.Novikov bugun Xalq qabulxonasida o’zining navbatdagi qabulini o’tkazdi. Qabulda turli muammo va takliflar bilan kelgan 36 nafar fuqarolar bolalar puli va moddiy yordam ajratish, ish bilan ta'minlash, elektr va suv ta'minoti, bank, sog’liqni saqlash, tadbirkorlik, kadastr va shu kabi muammolar bilan qatnashdilar. Tuman hokimi tomonidan qabul jarayonida har bir murojaatga alohida e'tibor berilib, ushbu murojaatlarda ko’tarilgan muammolarni ijobiy hal etish yuzasidan mas'ullarga muddatlar belgilangan holda tegishli ko’rsatmalar berildi.


Oliy majlis Qonunchilik palatasi deputati Sh.Raximov rahbarligidagi Respublika ishchi guruh a'zolari tumanda “Yoshlar bilan ishlashni yangicha tizimi”ni joriy etish, “Yoshlar dasturi” ijrosini ta'minlash hamda “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlar bilan manzilli ishlash, ularni bandligini ta'minlash, tadbirkorlikka yo’naltirish va kasb-hunar o’rgatish orqali daftardan chiqarish yuzasidan amalga oshirilgan ishlarni o’rgandilar. Ish guruh tomonidan tumanda yoshlar bilan ishlash yuzasidan olib borilayotgan ishlar samaradorligini oshirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.


Tuman hokimi Xalq ta'limi bo’limiga qarashli 6-umumta'lim maktabida bo’lib, muassasa bitiruvchilarini oliy ta'lim muassasalariga tayyorlash uchun tashkil etilgan fan to’garaklari faoliyati bilan tanishdi. Bu yilgi bitiruvchilarni oliy ta'limga kirish ko’rsatkichlarini yaxshilash yuzasidan mas'ul rahbarlarga tegishli topshiriqlar berildi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentligi sayloviga munosib tayyorgarlik ko’rish yuzasidan sektor hududidagi saylov uchastkalarida amalga oshirilayotgan ishlar ham o’rganildi. Sektor rahbari tomonidan saylov uchastkalarida olib borilgan xatlov natijalarida aniqlangan muammo va kamchiliklarni qisqa muddatlarda bartaraf etish yuzasidan mas'ul rahbarlarga tegishli topshiriqlar berildi.

Tijorat banklari tomonidan aholiga ajratilgan kreditlarni qaytarishda bo’layotgan muammolar sababli muddati o’tgan qarzdorliklarni bartaraf etish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlarni tizimli tashkil etish maqsadida, tuman rahbari tomonidan Qamishtepa mahalla fuqarolar yig’ini hududida kredit to’lovlaridan qarzdorligi bo’lgan fuqarolar bilan suhbat o’tkazildi. Tuman hokimi mutasaddi rahbarlar hamda fuqarolarga kelib chiqqan qarzdorliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli ko’rsatmalar berdi.

Shuningdek, “Aylanma ota” ziyoratgohida olib borilayotgan obodonlashtirish ishlari bilan tanishgan tuman hokimi mas'ul rahbarlarga hududda olib borilayotgan obodonlashtirish ishlarini tizimli tashkil etish yuzasidan tegishli topshiriqlar berdi.


Tuman rahbari Qumtepa mahalla fuqarolar yig’ini hududidagi 3 podezli, 30 xonadondan iborat 5 qavatli uy-joylar qurilishi hamda oqava suv tarmog’ini ta'mirlash bo’yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishib, qurilish ta'mirlash ishlarini belgilangan muddatlarda sifatli yakunlash yuzasidan mas'ul rahbarlarga tegishli ko’rsatmalar berdi.


Viloyat hokimi X.X.Bozarov rahbarligida tumanda 2021 yil hosili uchun yetishtirilgan g’alla hosilini nes-nobud qilmay yig’ishtirib olish hamda belgilangan rejani bajarilishi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar hamda paxta maydonlarida olib borilayotgan agrotexnik tadbirlarni bajarilishi, suv tejovchi texnologiyalarni joriy etish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar o’rganildi. Viloyat hokimi tomonidan sektor rahbarlari, mas'ul korxona va tashkilot rahbarlariga g’alla o’rimi olib borilayotgan maydonlarda yong’in xavsizligi va g’allani talon-taroj etilishini oldini olish va davlat omborlariga belgilangan tartibda yetkazish hamda 2021 yil hosili uchun ekilgan paxta maydonlarida agrotexnik tadbirlarni uyushqoqlik bilan o’tkazish yuzasidan tegishli ko’rsatmalar berildi.

Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram