Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
"QADRING BALAND BO’LSIN ONA TILIM"
2021-06-11 21:54:56 228
Hurmatli tumanimiz hududidagi korxona va tashkilotlar, ta'lim muassasalari rahbarlari!
Joriy yilning 10-iyunidan 10-sentyabriga qadar yurtimizda Vazirlar mahkamasi Ma'naviyat va Davlat tilini rivojlantirish departamenti tomonidan "Qadring baland bo’lsin ona tilim" tanlovining "Davlat tili ustuvorligi ta'minlangan eng namunali hudud" nominatsiyasi bo’yicha tanlov e'lon qilingan.
Mazkur tanlovda tumanimiz reytingini ko’tarishda Sizlarning ko’magingiz va qo’llab-quvvatlashlaringiz muhim ahamiyat kasb etadi.
Sizlardan iltimos va qattiq talab, tayorlanayotgan har qanday hujjat va ma'lumotlaringizni Lotin yozuviga asoslangan o’zbek alifbosiasosida xatolarsiz tayyorlashingizni so’raymiz.
Shuningdek:
Mehnat jamoalarida davlat tili imkoniyatlaridan to’liq va to’g’ri foydalanishni targ’ib etish;
Hududlarda idora va tashkilotlar nomlari (peshlavhalar), joy nomlari, reklama e'lonlari, savdo, xizmat ko’rsatish obektlari nomlari, yo’l (manzil) va jamoat transportlari ko’rsatkichlari matnining davlat tilida xatosiz yozilishiga erishish;
Savdo, ishlab chiqarish, maishiy xizmat ko’rsatish obektlarini o’zbekcha nomda ro’yxatga olishni rag’batlantirish;
Mehnat jamoalaridagi turli millat va elatlar vakillarining davlat tilini o’rganishi uchun qulay shart-sharoit yaratish bo’yicha ishlarni amalga oshirishingiz talab etiladi.
Qo’shtepa tumani hokimligi.