Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
# JARAYON
2021-06-10 22:08:23 245
Qo’shtepa tumani hokimligining katta majlislar zalida “Mahallabay” ishlash tizimi borasida tumanda amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan tahliliy yig’ilish o’tkazildi. Ushbu yig’ilish tuman hokimi I.Novikov rahbarligida bo’lib o’tdi.
Shuningdek, unda viloyat Mahalla va oilani qo’llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig’i B.Xoliqov hamda tumandagi 51 ta mahalla fuqarolar yig’ini raislari ishtirok etdi.
Yig’ilishda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 19 martdagi “Mahallabay” ishlash tizimini amaliyotga joriy etish va aholining tadbirkorlik tashabbuslarini yanada qo’llab-quvvatlash chora-tadbirlari to’g’risida”gi 152-sonli qarorining mazmun-mohiyati tushuntirilib, bu borada mahallalarda amalga oshirilayotgan ishlarga to’xatlib o’tildi.
Shuningdek, viloyat Mahalla va oilani qo’llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig’i B. Xoliqov mahallalarda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholi turmush darajasini yaxshilash, mahalla fuqarolar yig’inlarida jinoyatchilik, oilaviy ajrimlarni oldini olish, notinch oilalar bilan ishlash yuzasidan o’zining tegishli ko’rsatma va topshiriqlarini berdi.
Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.