Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyun 2021 >>
DUSECHPAJUSHYA
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
282930    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 13 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

1-SEKTOR XABARLARI

×

 2021-06-08 23:08:54    32

PDF yuklash
Chop etish



Qo’shtepa tumani hokimi, 1-sektor rahbari I.Novikov bugun tuman Xalq ta'limi bo’limiga qarashli 40-umumta'lim maktabida bo’lib, yakuniy imtixon topshirish jarayonlari va bitiruvchilarni oliy ta'lim muassasalariga tayyorlash uchun tashkil etilgan fan to’garaklari faoliyati bilan tanishdi. Bu yilgi bitiruvchilarni oliy ta'limga kirish ko’rsatkichlarini yaxshilash yuzasidan mas'ul rahbarlarga tegishli topshiriqlar berildi.


O’zbekiston Respublikasi Prezidentligi sayloviga munosib tayyorgarlik ko’rish yuzasidan sektor hududidagi saylov uchastkalarida amalga oshirilayotgan ishlar ham o’rganildi. Tuman hokimi tomonidan saylov uchastkalarida olib borilgan xatlov natijalarida aniqlangan muammo va kamchiliklarni qisqa muddatlarda bartaraf etish yuzasidan mas'ul rahbarlarga tegishli topshiriqlar berildi.

Tijorat banklari tomonidan aholiga ajratilgan kreditlarni qaytarishda bo’layotgan muammolar sababli muddati o’tgan qarzdorliklarni bartaraf etish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlarni tizimli tashkil etish maqsadida tuman rahbari tomonidan Soy bo’yi mahalla fuqarolar yig’ini hududida kredit to’lovlaridan qarzdorligi bo’lgan fuqarolar bilan suhbat o’tkazildi. Tuman hokimi mutasaddi rahbarlar hamda fuqarolarga kelib chiqqan qarzdorliklarni bartaraf etish yuzasidan o’zining tegishli ko’rsatmalarini berdi.


Tumanda xotin-qizlarni ijtimoiy qo’llab-quvvatlash, bandligini ta'minlash hamda ularni tadbirkorlikka yo’naltirish yuzasidan tizimli ishlar amalga oshirib kelinmoqda. Jumladan, Soy bo’yi mahalla fuqarolar yig’inida “Ayollar daftari”ga kiritilgan N.Aripovaga o’z tadbirkorligini yo’lga qo’yishi uchun hududdagi bo’sh turgan binoda tikuvchilik tsexi tashkil etishiga yordam berilib, imtiyozli bank krediti ajratilgan. Tuman rahbari ushbu tikuvchilik tsexida bo’lib, tadbirkorga kelgusida faoliyatini kengaytirishi hamda yangi ish o’rinlari tashkil etishi yuzasidan tegishli takliflar berildi.


Shuningdek, sektor rahbari hududda yangi tashkil etilgan mineral o’g’itlar hamda o’simliklar hashoratiga qarshi kurashish vositalari savdo shaxobchasi faoliyati bilan ham tanishdi. Tuman hokimi tomonidan tadbirkorga aholiga yetkazib berilayotgan mineral o’g’itlar hamda kimyoviy vositalar sifatiga alohida e'tibor qaratish hamda narx-navolarni asossiz oshirish holatlariga yo’l qo’ymaslik yuzasidan tegishli ko’rsatmalar berildi.


O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 26 maydagi 270-F-sonli hamda viloyat hokimining 2021 yil 1 iyun kungi 250-sonli Farmoyishlari ijrosini ta'minlash maqsadida tumanda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun tadbirkorlar, fermerlar va hunarmandlar o’rtasida o’tkazilgan “Tashabbus-2021” ko’rik-tanlovining tuman bosqichida g’oliblikni qo’lga kiritgan tadbirkorlarni taqdirlash marosimi o’tkazildi. Tadbirda tuman hokimi hamda sektor rahbarlari ishtirok etishdi. G’oliblarga tuman hokimligining esdalik sovg’alari topshirildi.


Tumanda 2021 yil hosili uchun yetishtirilgan g’alla hosilini nes-nobut qilmay yig’ishtirib olish hamda belgilangan rejani bajarilishi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlarni o’rganish maqsadida tuman rahbari g’alla o’rilayotgan yer maydonlarida bo’ldi. Mas'ul rahbarlarga g’alla o’rimi olib borilayotgan maydonlarda yong’in xavsizligi va g’allani talon-taroj etilishini oldini olish hamda davlat omborlariga belgilangan tartibda yetkazish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.

Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram