Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
#JARAYON
2021-06-07 21:20:10 157
SEMINAR-TRENING MAShG’ULOTLARI BOShLANDI
Joriy yilda mamlakatimiz va xalqimiz hayotida katta siyosiy voqea – Prezidentlik saylovi bo’lib o’tadi.
Bu muhim siyosiy kompaniyada siyosiy partiyalar va OAV, fuqarolarning faolligi saylovlarni umum e'tirof etilgan xalqaro standartlar, printsiplar asosida demokratik, ochiq-oshkora o’tkazilishida muhim omil bo’lib xizmat qiladi.
Saylov jarayonlarini qonunchilikka mos tarzda uyushqoqlik bilan tashkil etish uchun uchastka saylov komissiyasi a'zolari hamda saylov jarayonida ishtirok etuvchilarning bilimi va ko’nikmasi yuqori darajada bo’lishi talab etiladi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga munosib tayyorgarlik ko’rish va uni namunali tashkil etish maqsadida Qo’shtepa tumanidagi
2-ixtisoslashtirilgan davlat umumta'lim maktab-internatida seminar-trening mashg’ulotlari boshlandi.
Mashg’ulotlarda uchastka saylov komissiyasi raisi va uning o’rinbosari hamda kotibligiga nomzodlar ishtirok etishdi. Mashg’ulotlar davomida ularning malakasini hamda bilim va ko’nikmalarini oshirishga e'tibor qaratilmoqda.
Seminar-treningda “O’zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovining konstitutsiyaviy-huquqiy asoslari”, “Mahalliy kuzatuvchilar va vakolatli vakillarning huquq va majburiyatlari”, “O’zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o’tkazuvchi saylov komissiyalari”, “Saylov jarayonlarida xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlar kuzatuvchilari” mavzusida ma'ruzalar tinglanmoqda.
Mashg’ulotlar zarur jihoz va vositalar bilan to’liq ta'minlangan auditoriyalarda olib borildi.
Guruhlarga bo’lingan holda o’n kun davom etadigan seminar-trening zamonaviy axborot texnologiyalari va interfaol usullarda o’tkazilmoqda. Saylovga oid savol-javoblar, bahs-munozaralar esa ishtirokchilarda qiziqish uyg’otmoqda.
Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.